Qarorga muvofiq:
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021-o’quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-o’quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv-metodik majmualar yangi o’quv yili boshlangunga qadar chop etilib, joylarga yetkaziladi.
2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o’quv yili boshlangunga qadar umumta’lim maktablaridagi “Boshlang’ich ta’lim”, “Milliy g’oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o’qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari respublika byudjeti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Qaror bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi tasdiqlandi.
Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni
2019 yil 3-may O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi. O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilandi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida respublika bo’ylab “Ma’naviyat festivali” va “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” tanlovi o’tkaziladi.
“Bu yilda o’qish zarur bo’lgan 100 ta kitob” ro’yxati tuziladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Respublika kengashining, uning hududiy bo’lim va bo’linmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog’lomlashtirish metodikasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |