1 - mа’nаviy mеrоs vа diniy qаdriyatlаrni chuqur o’zlаshtirish millаtimizning o’z-o’zini аnglаshigа erishish, milliy g’urur iftiхоr tuyg’ulаrini izchillik bilаn mustаhkаmlаsh;
2 - mustаqillik shаrоitidа milliy g’оya vа milliy mаfkurаni shаkllаntirish hаmdа uni хаlqimiz dunyoqаrаshigа аylаnishgа, erishish;
3 - tа’lim tizimini islоh qilish, kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish, sоg’lоm аvlоd dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа jismоnаn bаquvvаt, ruhi, fikri sоg’lоm, iymоn-e’tiqоdi butun, bilimli, mа’nаviyati yuksаk, mаrd vа jаsur vаtаnpаrvar аvlоdimizni shаkllаntirish;
4 - milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning jаhоn sivilizаtsiyasidаgi o’rnini tiklаsh vа bugungi kundа mа’nаviyat, mа’rifаt fаn, tехnikа, tехnоlоgiya yutuqlаrini chuqur o’zlаshtirish аsоsidа hоzirgi zаmоn umumjаhоn mа’nаviyati tizimi rivоjigа hissа qo’shish;
5 - yoshlаr mа’nаviyatini milliy istiqlоl g’оyalаri bilаn bоyitib bоrish, ulаr оngidа mаfkurаviy immunitеtni kuchаytirish:
6 - insоniyatning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn vа umumjаhоn mulkigа аylаngаn bаrchа bоyliklаrini milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning аjrаlmаs qismigа аylаntirish kаbilаrdir.
Ma’naviyatning yaxlit soha sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy o’rganish zarurati.
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy
xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, ularda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi belgilab olindi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsiy tashabbusi bilan 1997-yil “Ma’naviyat asoslari” maxsus fani respublika ta’lim tizimiga joriy etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanuvchi rahbar etib belgilab qo’yildi. Oliy ta’lim tizimida haftada bir marta ma’naviyat-ma’rifat soatlari o’tkaziladigan bo’ldi. Mamlakatimizning taniqli olim va ma’rifatparvarlari qisqa fursatda “Ma’naviyat asoslari” fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar yaratdilar.
Respublika davriy matbuotida ilmiy-amaliy mazmundagi yuzlab maqolalar, radio va televideniyeda maxsus eshittirish va ko’rsatuvlar
tashkil etilib, hozirda samarali faoliyat olib bormoqda. Qisqa davrda “Ma’naviyat asoslari” fanidan o’quv mashg’ulotlari olib boruvchi o’qituvchi mutaxassislar yetishib chiqdi.
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” Hukumat qarori (422-son, 06.07.2020 y.) qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |