Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” ” 2022-yil boshlang’ich ta’limfakulteti “Jismoniy tarbiya va sport”kafedrasi



Download 242,21 Kb.
bet50/55
Sana05.02.2023
Hajmi242,21 Kb.
#908160
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
menejment

Sport jixozlarini sotib olish qoidalari:
1. Imkoniyati bor jamoalar qonuniy ravishda tegishli jixozlarni naqd pulga sotib olish
2. Savdo tashkilotlari bilan kelishgan xolda pul o‘tkazish yo‘li bilan jihozlar sotib olish.

Har qanday sport turi bo‘yicha sport federatsiyalari tomonidan yil yakunidada kelgusi yil uchun sport tadbirlari taqvimi tuziladi. Respublika birinchiligi va undan oldingi saralash musobaqalari federatsiya rahbariyatining ixtiyoriga va imkoniyatiga ko‘ra musobaqani o‘tkazish joyi, vaqti, jamoalarning tashkiliy tarkibi va musobaqa sarf-xarajatlaring kim tomonidan tashkil etilishi belgilanadi, hamda musobaqa Nizomi ishlab chiqiladi. Nizomda barcha xarajatlar va jamoa tarkibi va hakamlar ha’ati a’zolarining soni ko‘rsatiladi. Nizom asosida ushbu musobaqaning sarf-xarajatlari smetasi tuziladi. Xuddi shu tartibda boshqa musobaqalarning ham sarf xarajatlari hisoblanib, yillik summasi hisoblanadi.


Respublikadan tashqari musobaqalar taqvimi bir yil oldindan musobaqani o‘tkazuvchi Xalqaro, Osiyo yoki Jahon sport assatsiatsiyasi tomonidan taklifnoma va musobaqa Nizomini yuborgan holda tashkil etiladi. Musobaqa Nizomida musobaqa o‘tish joyi, vaqti, jamoalar tarkibi va sarf-xarajatlarning kim tomonidan to‘lanishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Har bir federatsiya musobaqalarning ahamiyatiga ko‘ra yillik taqvim rejaga kiritadi. Agar taqvim reja Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanib, yillik Vazirlikning taqvim rejasiga kiritsa, smetaga kirgan bo‘lib, yillik smeta tasdiqlangach, belgilangan jadval asosida Respublika byudjetidan mablag‘ ajratiladi va Vazirlar Mahkamasining farmoyishi chiqarilib, federatsiya tavsiya etgan jamoa chet elga musobaqaga borib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi davr bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Sog‘lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish demakdir».
SHunday ekan, mamlkatimizda «Sog‘lom avlod dasturi» (1993y) harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997y 29 avgust) asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug‘vor vazifani amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ta’kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining hayotga tadbiq qilinishi, o‘quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, jumladan, «Umid nihollari», «Barkamol avlod sport o‘yinlari», «Universiada» shular qatorida, xalq milliy o‘yinlari festivallarining o‘tkazilishi e’tiborga molikdir.
SHuningdek, halq milliy o‘yinlarini o‘zida mujassamlashtirilgan «Alpomish o‘yinlari festivallari», xotin-qizlar sportini o‘ziga qamrab olgan «To‘maris o‘yinlari festivallari» milliy qadriyatlarni tobora boyitish, o‘quvchi yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
SHu tufayli aholining barcha qatlamlarida, ya’ni barcha jamoalarda va aholi turar joylarida sport musobaqalarini tashkillashtirish va o‘tkazish ishlari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari oldida turgan dolzarb ishlardan hisoblanadi.
Bolalar muassasalaridagi jismoniy tarbiya musobaqalari bolalarning sog‘lom, xushchaqchaq holati va ularning harakat ko‘nikmalarini shakllantirishdagi yutuqlari namoyishidan iborat bo‘ladi. Toza havoda o‘tkaziladigan, harakat mazmuni dinamikaga to‘liq, bu musobaqa bolalar hayotida quvonchli voqea hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya musobaqa dasturida bolalarning muayyan davr ichida egallagan harakat ko‘nikmalarini aks ettirishi quvnoq harakatli o‘yinlar va xilma-xil jismoniy mashqlar tashkil etish lozim. Muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan bu harakat formalari maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi va musobaqa dasturiga tabiiy ravishda kirishib ketadi, bolalarga katta zavq bag‘ishlaydi.
Musobaqaga tayyorgarlik rejadagi tarbiyaviy ishga xalaqit bermasligi kerak. Musobaqaga vaqt davomiyligi hisobga olinmagan holda ko‘p marta takrorlangan «nomerlar» bolalarda jismoniy va psixik toliqish uyg‘otadi, qiziqishni so‘ndiradi, emotsiyalarni o‘tmaslashtiradi va ularni musobaqalarda o‘rganilgan dars sifatida bajarishga olib keladi. Musobaqa bolalar bilan muntazam, tizimli ravishda olib boriladigan ishning natijasi bo‘lishi kerak.
Sport musobaqalari o‘zlarining mazmun spetsifikasiga ko‘ra dastur va tuzilishi jihatdan xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Sport musobaqalari kundalik hayot fonida maydonchaning odatdan tashqari bezatilishi, inventarlar: gullar, fonarchalar, lentalar, to‘plar, obruch, skakalkalar, gimnastika tayoqchalari, arqonlar va hokazolar yordamida jihozlanishi bilan ajralib turadi, bolalar maydonchasining odatdagi tusini o‘zgartiradi va bolalarda musobaqa kayfiyatini uyg‘otadi. Musobaqa jarayonida musiqa ham katta rolь o‘ynaydi. U emotsional ko‘tarinkilik yaratadi va bolalarni quvnoq, xushchaqchaq kayfiyatga birlashtiradi.
Musobaqa birinchi qismi-parad formasida tuzilishi mumkin. U alohida jamoalarga bo‘lingan, o‘zlarining vimpel va nishonlarini ko‘tarib olgan bolalarning yurishi bilan boshlanadi. Qo‘shiq, she’rlar jo‘rligidagi bolalar harakat ulkan emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi. SHundan so‘ng bolalar o‘z yutuqlarini o‘yinlar va mashqlarda namoyish qilishlari mumkin. Bolalar o‘z kuchlariga yarasha musobaqalarda (yugurish, uloqtirish, sakrash) predmetlar bilan bajariladigan mashqlar va hokazo), o‘yin-estafetalarda, sport o‘yinlarida qatnashadilar. Musobaqada quvnoq attraksionlardan foydalanish ham mumkin. Bularning barchasi vaqtni hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Musobaqa ikkinchi qismi-bolalarda katta quvonch uyg‘otuvchi tomosha ko‘rinishida qo‘g‘irchoq teatri sifatida yoki kattalar va bolalar ishtirokidagi tashkil etilishi mumkin. Turli syurprizlar biror ertak qahramonining, hikoyachi fokuschi, raqqos va hokazolarning paydo bo‘lishi bu qismning doimiy komponenti hisoblanadi.
Musobaqa yakunida-bolalar boshlovchi taklifiga ko‘ra mehmonlar: ota-onalar, pedagoglar, xodimlarni taklif etib tushiriladigan umumiy raqs yaxshi kayfiyatni mustahkamlaydi.
Musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi butun pedagoglar jamoasi: metodistlar, pedagoglar, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ahillikdagi mehnati samarasidir.
Gimnastika sport musobaqalari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishning eng qiziqarli formalaridan biridir. Ular o‘quvchilarni uyda va jismoniy tarbiya jamolaridagi tizimli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarga jalb etishga yordam beradi, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustahkamlaydi.

Musobaqalar sinfdan tashqari ishning boshqa turlari qatori, maktabning umumiy yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yilining boshida musobaqalarni o‘tkazish muddati, qoidalari va dasturi aniq belgilab olinadi. Bu muddatlarni hisobga olgan holda musobaqalarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi.
Musobaqalarni o‘tkazishning qulay vaqti qishki, bahorgi va yozgi (o‘quv yili tugashi bilanoq) kanikullar davridir.
Gimnastika sport musobaqalari direktorning umumiy rahbarligi ostida o‘qituvchilar tomonidan uyushtiriladi va o‘tkaziladi. Ularda «Kamolot» tashkiloti va jismoniy tarbiya jamoasi faol ishtirok etishi lozim. YUqori sinflarning eng yaxshi sportchi o‘quvchilari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musobaqalarga tayyorlanishlarida va ularni o‘tkazishda yordam beradilar.
Har bir musobaqa muayyan nizomga muvofiq o‘tkaziladi. Nizomda musobaqaning maqsadi va vazifalari, vaqti va o‘tkazilish joyi, qatnashshuvchilar, dasturi, o‘tkazilish sharti va hisobga olish, eng yaxshi ishtirokchilarni va jamoalarni mukofotlash tartibi, arizalar formasi va ularni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
Umummaktab musobaqalarini tayyorlash va o‘tkazish uchun, odatda maktab direktori boshchilik qiladigan tashkiliy qo‘mita tuziladi.
Tashkiliy qo‘mitaga o‘qituvchilar, maktab shifokori, «Kamolot» etakchisi, jismoniy tarbiya jamoasi va ota-onalar qo‘miatsining vakillari kiritiladi. Tashkiliy qo‘mita musobaqalarning o‘tkazilish vaqti va o‘rni, ularning moddiy ta’minlanishi, hisobga olish shartlari haqidagi masalalarni hal etadi, musobaqaning kun tartibini tasdiqlaydi.
Musobaqalarning muvaffaqiyatli ko‘p darajada bosh hakam boshqaradigan hakamlar kollegiyasining ish sifatiga bog‘liq. Bosh hakamni maktab direktori tayinlaydi. Uning vazifasi hakamlarni tanlash ularga vazifalarni taqsimlab berish, musobaqa joyini tayyorlashni nazorat qilish, musobaqalarni o‘tkazish rejasi (kun tartibini) tuzish va musobaqalarni nizom hamda dasturiga muvofiq uzluksiz o‘tkazishni ta’minlashdan iboratdir.
Bosh hakamga katta huquqlar beriladi, uning qarori barcha hakamlar va musobaqa qatnashchilari uchun majburiydir, u hamma bahsli masalalarni hal etadi. Musobaqalar tugagach, bosh hakam kotib bilan birga yakun chiqaradi, xujjatlarni rasmiylashtiradi, musobaqaning barcha xujjatlarini maktab direktoriga topshiradi.
Musobaqa kitobi arizalarni qabul qiladi, ularni tekshiradi, bayon tayyorlaydi, qur’a tashlaydi, qatnashchilarga ko‘krak raqamlarini ulashadi, hakam bilan birgalikda musobaqaga yakun yasaydi.
Hakamlar jamoasi tarkibiga (bosh hakam va kotibdan tashqari) ishning hajmi va qatnashuvchilar miqdoriga qarab bosh hakam o‘rinbosari, start beruvchilar, vaqtni hisobga oluvchi hakamlar, masofa boshliqlari, nazoratchilar va boshqalar kirishi mumkin. Ularning bori bosh hakam rahbarligida ishlaydi va o‘z majburiyatlarini ado etadi.
Musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga o‘quvchilarni iloji boricha ko‘proq jalb etmoq lozim. Ular, odatda, musobaqa joyini, jihozlarni hozirlaydilar, maydon yoki zalni jihozlaydilar. Hakamlar protokollarini rasmiylashtiradilar. Musobaqalarda ishtirok etmaydigan bolalar hakamlik qiladilar (agar ularga yaxshilab tushuntirilsa, natijalarni o‘lchashlari va yozib olishlari, ochkolarni hisobga olib borishlari mumkin).
Maktabda o‘tkaziladigan har bir musobaqa tantanali qism bilan boshlanadi: saflaniladi va musobaqa qatnashchilari paradi o‘tkaziladi, maktab direktorining tabrigi o‘qiladi, musobaqa bayrog‘i ko‘tariladi. Musobaqa uyushgan holda tugaydi va bayroq tushirish marosimi o‘tkaziladi. Musobaqa yakunlari rasmiylashtiriladi va barcha o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi. Musobaqani tantanali yakunlash va sovrin hamda yorliqlar berish musobaqa tugashi bilanoq yoki tantanali lineyka paytida o‘tkaziladi. Sovrin va yorliqlar maktab direktori tomonidan beriladi.
Bir necha yillardan beri maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari» deb ataladigan bolalar sport o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu o‘yinlar umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini yanada yaxshilash, bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga muntazam qatnashtirishga erishish, o‘quvchilarni «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test talablarini topshirishga tayyorlanish va topshirishga faol jalb etish, shuningdek, ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishida eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan sinf hamda maktablarni, sport turlari bo‘yicha kuchli yosh sportchilarni aniqlash maqsadida uyushtirilmoqda. Bu musobaqalarda IV-XI sinflarningo‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Musobaqalar uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda musobaqalar sinf doirasida o‘tkaziladi; bunda salomatligi yaroqli deb topilgan barcha o‘quvchilar ishtirok etishadi. So‘ng sinflararo, maktablararo, shahar, tuman, viloyat hamda yakuniy respublika musobaqalari o‘tkaziladi.

Download 242,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish