Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” ” 2022-yil boshlang’ich ta’limfakulteti “Jismoniy tarbiya va sport”kafedrasi


-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport menejmentini moliyalashtirilish



Download 242,21 Kb.
bet47/55
Sana05.02.2023
Hajmi242,21 Kb.
#908160
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
menejment

5-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport menejmentini moliyalashtirilish.


Reja:

  1. Byudjetdan moliyalashtiriladigan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xarajatlarini, byudjetdan moliyalashtirish usullari, tamoyillari va shakllari.

  2. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining moliyalashtirilishi.

  3. Jismoniy tarbiya va sportda smeta tushunchasi.

  4. Sport musobaqalarining tashkillashtirish va o‘tkazish.

  5. Umumta’lim maktablarida sport musobaqalarini uyushtirish va o‘tkazish tartiblari.

  6. Sport musobaqalarini rejalashtirish, sport musobaqalari va tadbirlarining kalendar rejasi.



Davlat byudjeti xarajatlari– bu davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun byudjetdan yo‘naltiradigan pul mablag‘lari oqimi harakatda bo‘lganidek, O‘zbekistonning davlat byudjeti xarajatlari ham quyidagi asosiy xarajatlar bloklarini o‘z ichiga oladi:
-ijtimoiy maqsadlar xarajatlari;
-iqtisodiyot xarajatlari;
-ijtimoiy-infratuzilma, qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal sektorini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
- boshqaruvga xarajatlar;
-milliy xavfsizlik vaichki huquq-tartibotni ta’minlash xarajatlari;
-tashqi iqtisodiy faoliyat uchun xarajatlar;
-davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari
Har qanday davlatning iqtisodiyot va siyosatidagi xususiyatlari uning
xarajatlari ustuvorliklarida ham aks etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda har yilimamlakatning soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanadiva ular davlat byudjetini ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonning umumiy taraqqiyot davri davomida byudjet xarajatlari ustuvor darajada ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga sarflanganva sarflanib kelinmoqda. Masalan, 2010 yilda barcha byudjet xarajatlarining 59% (maqsadli jamg‘armalarning xarajatlarini hisobga olmaganda) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Buning tarkibida ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, sport, ijtimoiy ta’minot tizimlarining faoliyatini moliyalashtirish orqali ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari (48,7%), shuningdek aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlar(10,7%), shu jumladan ko‘pbolali oilalarga har oyda beriladigan nafaqalar va moddiy yordamlar, bolalikdan nogironlarga nafaqalar va boshqalar katta o‘rin egallaydi.
Byudjetning iqtisodiyotga xarajatlariga alohida xo‘jalik sub’ektlarini va milliy iqtisodiyot sektorlarini qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar, shu jumladan qishloq va suv xo‘jaligi; uy-joy ekspluatatsiya xo‘jaligi; shaharlarni obodonlashtirish, vodoprovod, kanalizatsiya va boshqalarga xarajatlar kiradi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga o‘z joriy faoliyatini amalga oshirish uchun byudjet mablag‘larini taqdim etishning asosiy metodi byudjetdan moliyalashtirish hisoblanib, u quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
byudjet ajratmalaridan foydalanishning maqsadliligi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilar belgilangan maqsadlar uchun tasdiqlangan byudjet smetasi asosida mablag‘ oladilar. Ushbu prinsipga qat’iy rioya qilish mablag‘larni sarflashning samaradorligini ta’minlaydi;
byudjetdan moliyalashtirishning tekinligi;
byudjetdan moliyalashtirishning qaytarilmasligi;
Byudjetlarning kapital xarajatlariinnovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlovchi byudjet xarajatlari qismi bo‘lib, u tasdiqlangan investitsiya dasturiga binoan faoliyat yuritayotgan yoki yangi tashkil etilayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan xarajatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Byudjet xarajatlaridan:
minimal xarajatlar bilan maksimal samara olish;
byudjet mablag‘larini ishlab chiqarish va boshqa ko‘rsatkichlarning bajarib borilishiga qarab va avvalgi ajratmalardan foydalanishni hisobgaolgan holda taqdim etish. Bu prinsip moliya organlariga byudjet mablag‘larini oluvchilar faoliyati ustidan ta’sirchan va samarali nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Byudjetdan moliyalashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy xarajatlariga (ishchilarga mehnat haqini to‘lash, davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga sug‘urtabadallarini o‘tkazish, byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan kommunalxizmatlar, safar xarajatlarini to‘lash va boshqalar), shuningdek hukumatningboshqa darajalariga o‘tkaziluvchi alohida davlat vakolatlarini amalgaoshirishga; davlat xaridlariga va boshqalarga ajratmalar;
transfertlar (aholiga beriladigan majburiy to‘lovlarnimoliyalashtirish uchun byudjet mablag‘lari: stipendiyalar, nafaqalar,kompensatsiyalar, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar);
boshqa darajadagi byudjetlar va davlatning byudjetdan tashqarijamg‘armalariga byudjet ssudalari, subvensiyalari va dotatsiyalari;
byudjetlararo transfertlar;
jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiyalar va subsidiyalar;
faoliyat yuritayotgan yoki yangidan yaratilayotgan yuridik shaxslarning
ustav kapitaliga investitsiyalar;
mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslarni byudjetdan kreditlash;
qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish (davlat organlarining kafolatlari bilan).
O‘zbekiston Respublikasida umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni moliyalashtirish Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjeti hisobidan tasdiqlangan parametrlar va xarajatlar ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Respublika byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1)Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘i oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladiganbyudjet transfertlari shaklida;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlargabyudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladiganbyudjet ssudalari shaklida;
7) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari vabyudjet ssudalari shaklida;
8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlarshaklida;
9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
2. Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish, byudjet mablag‘larinisarflash, byudjet tashkilotini rivojlantirish fondini shakllantirishva byudjet tashkilotlari xarajatlari ijrosini nazorat qilish tartibi O‘zbekistonda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjettashkilotlari uchun xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) tartibibelgilangan:
byudjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamdabyudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mexanizmini soddalashtirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchunimkoniyatlar yaratish;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni, ish haqiga qo‘shimchalar, kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida byudjet tashkilotlarini normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ning yangi tartibini joriy etish, g‘azna ijrosiga o‘tgan, xarajatlari moddalar bo‘yicha amalga oshiriladigan byudjet tashkilotlari bundan mustasno;
Davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilarning mablag‘larni sarflashlari
ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta’minlash;
byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni ularning faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish;
byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ularfaoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Mustaqil ravishda xo‘jalik hisobi faoliyatini yurituvchi, maxsuskelishib olingan tadbirlar uchun byudjetdan dotatsiya va mablag‘lar oluvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarni moliyalashtirish alohida xususiyatga ega.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to‘lashda)
yangi byudjet yilida mablag‘ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig‘i summasiga kamaytiriladi.O‘tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa(byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga sotibolinganlari bundan mustasno) tegishli byudjetlar daromadiga o‘tkaziladi.
Byudjet mablag‘lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqilravishda, byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iktisodiy islohotlar jarayonlari ma’daniy-ma’rifiy va milliy madaniyatning rivojlanishi, aholi o‘rtasida JTvaS ishlarini yanada rivojlantirishni takazo etadi. Bu jarayonlar, eng birinchi navbatda moddiy-texnik bazani takomillashtirish, ixtisosli hodimlar tayyorlash va ularning amaliy malakasini oshirish, bu faoliyatlar bilan bog‘lik bulgan moddiy manbalarni ko‘rib chiqish, ularni talab va extiyoj darajasida hal etish eng murakkab va dolzarbdir.

Download 242,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish