«Tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Chiziqli, sinusoidal, aylanma, yoyma metodlari



Download 2,94 Mb.
bet56/142
Sana17.08.2021
Hajmi2,94 Mb.
#149762
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Bog'liq
2 5413652254785800893

6.2. Chiziqli, sinusoidal, aylanma, yoyma metodlari.
Bizni qiziqtiradigan kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarish egri chizig‘ini olish uchun, odatda, gorizontal og‘diruvchi plastinkalarga chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanish Uyo qo‘yish kerak, vertikal og‘diruvchi plastinkalarga esa noma’lum kuchlanish beriladi. Bunda ekranda to‘g‘ri burchakli koordinatalarda noma’lum kuchlanishning o‘zgarish egri chizig‘i hosil bo‘ladi (2 a-rasm).

2-rasm. Noma’lum kuchlanish egri chizig‘i.

CHiziqli o‘zgarishni ta’minlash uchun yoyuvchi kuchlanish U¸ arrasimon bo‘lishi kerak.Bunday kuchlanish yoyma (razvertka) generatori deb ataladigan generator bilan xosil qilinadi. Noma’lum kuchlanish egri chizig‘i ekranda qo‘zg‘almay turishi uchun noma’lum kuchlanish chastotasini maxsus sinxronlash qurilmasi yordamida sinxronlashtiriladi.

Agar vertikal og‘diruvchi plastinkalarga kuchlanish berilmasa, arrasimon kuchlanishning ta’sirida nurlanuvchi dog‘ ekranda gorizontal chiziq bo‘yicha t1 vaqt oralig‘ida chapdan o‘ngga suriladi va juda qisqa t2 vaqt oralig‘ida dog‘ avvalgi holatiga (o‘ngdan chapga) qaytadi.

Agar vertikal plastinkalarga sinusoiodal kuchlanish berilsa, ekranda bu kuchlanishning yoyilishi hosil bo‘ladi.

Elektron ossillograflar tekshirilayotganda ularda aylanma yoyma hosil qilish ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun vertikal va gorizontal og‘diruvchi plastinkalarga bir xil, lekin faza jihatidan 900 ga farq qiladigan kuchlanish beriladi. Bu holda ekranda hosil bo‘lgan dog‘ning X va U o‘qlari bo‘yicha surilishi quyidagi parametrik tenglama bilan aniqlanadi:

X=S0xUmxsint;

Y= S0yUmycost.

Bu erda S0 va Um lar X va U o‘qlari bo‘yicha kuchlanishlarning amplituda va sezgirligi bo‘lib, ularni shunday tanlash kerakki,

S0xUmx=S0yUmy=A

sharti bajarilsin. U holda yuqoridagi ikki parametrik tenglamani kvadratga ko‘tarib qo‘shsak va sin2t + cos2t =1 ligini hisobga olsak, A radiusli aylana tenglamasi hosil bo‘ladi.

X2+U2=A

Aylanma yoyni hosil qilish uchun ulanadigan sxema 3-rasmda ko‘rsatilgan.


3-rasm. Aylanma yoy hosil qilish sxemasi.


Aylanma yoyma usuli va u yordamida chastota o‘lchash.

Elektron ossillograflarni tekshirayotganda ularda aylanma yoyma hosil qilish katta ahamiyatga ega. Bunung uchun vertikal va gorizontal og‘diruvchi plastinkalarga bir xil, lekin faza jihatidan 900 ga farq qiladigan kuchlanish beriladi. (4 - rasm)


4 - rasm


Bu xolda ekranda hosil bo‘lgan dog‘ning x va y o‘qlari bo‘yicha surilishi quyidagi parametrik tenglama orqali ifodalaniladi:

X= ,

Y= ,

bu erda   va   lar X va Y o‘qlari bo‘yicha kuchlanishlarning amplituda qiymatlari va sezgirligi bo‘lib, ularni shunday tanlash kerakki,



sharti bajarilsin. U xolda yuqoridagi ikki parametrik tenglamani kvadratga ko‘tarib qo‘shsak va   ni hisobga olsak, A radiusli aylana tenglamasi hosil bo‘ladi.



Aylanma yoyma usuli bilan chastota topilayotganda noma’lum chastotali kuchlanish (signallar geniratoridan) ossillografning setkasiga (boshqaruvchi elektrodiga) beriladi (2 rasm) va noma’lim chastota quyidagi formula yordamida hisoblanadi:



,

bu yrda  -aylanma yoyma kuchlanishning chastotasi (50Hz), n-hosil bo‘lgan aylanadagi yorqin yoylar soni.

CHiziqli yoyma usulida davr va faza farqini o‘lchash.

Bizni qiziqtiradigan kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarish egri chizig‘ini olish uchun, odatda gorizontal og‘diruvchi plastinkalarga chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanish Uyoyma qo‘yiladi, vertikal og‘diruvchi plastinkalarga esa noma’lum kuchlanish beriladi. Bunda ekranda to‘g‘ri burchakli koordinatalarda noma’lum kuchlanishning o‘zgarish egri chizig‘i hosil bo‘ladi.(5- rasm)



5 rasm

CHiziqli o‘zgarishni ta’minlash uchun yoyuvchi kuchlanish Uyoyma arrasimon shakilda bo‘lishi kerak. Bunday kuchlanish yoyma generator deb ataladigan generatoda hosil qilinadi (6 - rasm)


6 – rasm
YOyma generatoridagi arrasimon o‘zgaruvchan kuchlanishni ishlab beruvchi qurilmasini ishlashi kondensatorning zararyadlanishi va razrayadlanishiga asoslanadi (6- b -rasm). U - manba kuchlanishi; k-kalit. Agar kalit 1-xolatga ulansa, kondensator CR1 - qarshili orqali zaryadlanib, zaryad kuchlanishi eksponensial qonun bo‘yicha ko‘payadi Uyoyma→U yoki  , bu yerda - kondensatorning zaryadlanish vaqti doimiyligi.

Agar elektron nurining to‘g‘ri yo‘lini oxirida kalit 2-xolatga ulansa, kondensator   orqali zaryadsizlanadi va kondensatorni zaryadsizlanish kuchlanishi (yoki elektron nurini teskari yo‘nalishda surilishi) quyidagicha ifodalanadi.

 ,  va  

Noma’lum kuchlanish egri chizig‘i ekranda qo‘zg‘almay turishi uchun, noma’lum kuchlanish chastotasi arrasimon chastotasini maxsus sinxronlash qurilmasi yordamida sinxronlashtiriladi.

Agar vertikal og‘iruvchi plastinkaga kuchlanish berilmasa, arrasimon kuchlanishning ta’siridan nurlanuvchi dog‘ ekranda gorizontal chiziq bo‘yicha   vaqt oralig‘ida chapdan o‘nga suriladi va juda qisqa   vaqt oralig‘ida dog‘ avvalgi xolatiga (o‘ngdan chapga) qaytadi. Agar vertikal plastinkalarga sinisoidal kuchlanish berilsa, ekranda bu kuchlanishning yoyilishi hosil bo‘ladi. Ikki kuchlanish orasidagi faza farqi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi. (6 – rasm)

 , bu yerda Δt va T lar 6 rasmdagi grafikdan olinadi.

Lissaju shakllari usuli.

Agar ikkala og‘iruvchi plastinkalarga sinusoidal bo‘yicha o‘zgaruvchan kuchlanish   lar berilgan bo‘lsa, uy xolda bu kuchlanishlarning amplitudasiga, fazasiga va chastotasiga qarab elektron nur ekranda Lissaju shakllarini yozadi (7- rasm). Bunda, masalan, gorizontal og‘iruvhi plastinkaga ma’lum chastotali sinusoidal kuchlanish, vertikal og‘iruvchi plastinkaga esa noma’lum tekshirilayotgan kuchlanish berib, hosil bo‘lgan Lissaju shakillari bo‘yicha noma’lum kuchlanishning fazasi , chastotasi to‘g‘risida fikt yuritish mumkin.(7- rasm)

7 - rasm


Lissaju shakllari usuli bilan chastota topilayotganda ossillograf ekranida qo‘zg‘almas shakl hosil qilish kerak va noma’lum kuchlanish chastotasi quyidagi formuladan topiladi.

  ,

bu erda  - aniq chastota (50Hz);   - hosil qilingan shakl (figura)ning X va Y o‘qlari bo‘yicha kesishgan nuqtalar soni (8 – rasm)

Ikki kuchlanish orasida fazalar farqini ellips usuli bilan topish mumkin va bunda quyidagi formuladan foydalaniladi. (9- rasm)

  yoki    ,  

8 – rasm. 9 – rasm.






Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish