12-MAVZU. O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI
Milliy hisoblar tuzumi (MHT) haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi
MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan.
Bugungi kunda MHT iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar, tasniflar va schetlar tizimidir.
Milliy schetlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’lik makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini mikdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanishni o’zaro bog’lovchi ko’rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |