3. Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini moliyalashtirish tajribalari
Ta‘lim tizmiga qilingan xarajatlar – inson omiliga investitsiyadir. Jamiyat va davlat bunday investitsiyalardan manfaatdor, chunki ta‘lim darajasini oshirish iqtisodiy o’sishni ta‘minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarni yumshatadi. Shuning uchun ham ta‘limga yo’naltirilgan moliyaviy resurslar alohida ustuvorlik kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim tizimiga ajratiladigan xarajatlar mamlakatlar YAIMining o’tracha 3,5-5,5 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko’rsatkichning ko’p yoki kam ekanligini bilish uchun quyidagi ma‘lumotga murojaat qilamiz: ―Mamlakatda ta‘lim tizimining barqaror rivojini ta‘minlash uchun mamlakat YAIMining 7-8 foizini safarbar qilish maqsadga muvofiq Mamlakatlar uchun kadrlar tayyorlash sohasi bir nechta sabablarga ko’ra muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat rivojlanishining yuqori darajalariga erishish yo’lidagi muhim qadam hisoblansa, ikkinchidan, ta‘limning sifati va samaradorligi inson kapitalining yuqori salohiyatini belgilab beradi. Har bir mamlakatda kadrlar tayyorlashni moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim davlatlarda ta‘limni moliyalashtirishga asosan xususiy mablag’lar yo’naltirilsa, ayrimlarida bu sektor asosan davlat mablag’lari hisobidan ta‘minlanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta‘lim sohasiga yo’naltiriladigan davlat va xususiy sector mablag’lari o’rtasidagi nisbat birmuncha o’zgardi va xususiy manbalarning ustunligi kuzatilmoqda. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta‘limni moliyalashtirishning hajmi va usullari bir qator omillarga ko’ra belgilanadi:
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo’yadigan vazifalarning ko’lami;
mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an‘analar;
oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xosligi.
Mana shu holatlar ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning milliy modelining shakllantirishga xizmat qiladi. Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi, barcha uchun barobar bo’lmagan, aksincha, oliy maqomdagi oliy ta‘lim modeliga e ga, davlatning ta‘limga xarajatlarining YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va Shvetsiyada oliy ta‘lim hamma uchun ochiq, lekin bu – mamlakat rahbar doiralarining olib borayotgan siyosati, milliy an‘analarning natijasi hisoblanadi. Agar Yevropa mamlakatlari, xususan Frantsiya, Germaniya oliy ta‘lim tizimini davlat byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat tomonidan nazorat qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta‘siridan himoya qilsa, AQShda oliy ta‘lim an‘anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam aloqada faoliyat qiladi, hatto davlat ta‘lim muassasalari ham pullik asosda faoliyat qiladi.
Hukumat tomonidan ajratiladigan davlat grantlari, talabalardan ta‘lim uchun olinadigan haq, tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar – oliy ta‘lim muassasalarini mablag’ bilan ta‘minlaydigan manbalar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda bu manbalarning nisbati turlicha bo’lib, bu nisbat har bir mamlakatda ma‘lum davrlarda o’zgarib turadi. Ta‘lim muassasasi talabalari kundalik sarf-xarajatlarini o’zlari ko’taradilar. Buning uchun ota-onalarining mablag’lari; hukumatdan olingan individual grantlar; talabalarga tarqatiladigan maxsus zaymlar; qo’shimcha daromadlar kabi manbalar va imkoniyatlar mavjud. Shuni ta‘kidlash joizki, tizimdan, jamiyatdan yoki qaysi mamlakatligidan qat‘iy nazar xarajatlar u yoki bu tarzda quyidagi to’rt manbadan olinishi mumkin: otaonalar, talabalar, soliq to’lovchilar va ta‘lim muassasasi. Qayd etilgan moliyalashtirish manbalari ikki guruhga ajraladi: davlat va xususiy. Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda davlat byudjetini muvozanatlashtirish maqsadida davlat xarajatlari hajmini qisqartirishga harakat qilinadi. Hatto Farbiy Yevropada moliyalashtirish nisbati hukumat grantiga nisbatan ochiq -oydin oliy o’quv yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta‘lim uchun to’lovdan keladigan daromad tomon siljimoqda. Germaniya kabi mamlakatlarda ta‘lim uchun t o’lov amalda nominal tarzda belgilanadi, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada yuqori, lekin ko’pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning og’irligi talaba yashaydigan tuman yoki shahar hokimiyati zimmasiga tushadi, hukumat ta‘lim muassasalariga mustaqil tarzda ta‘lim uchun haq belgilashni taqiqlaydi. Hozirgi paytda bu tizim o’zgarishlarga uchramoqda va tez orada ko’pgina g’arb mamlakatlarida ta‘lim uchun haq to’lashni ta‘lim muassasalarining o’zlari belgilaydi va moliyalashtirish asosan talabalar tomonidan amalga oshiriladi. Prognozlarga qaraganda, bu hol ta‘lim sifatini ko’tarishga imkon beradi, chunki talabalar o’zlari tanlagan o’quv yurtlariga yuqori talab qo’yadilar, ta‘lim muassasalari esa, o’z navbatida, ta‘lim jarayoniga yuqori e‘tibor qaratadilar. Umuman olganda, ancha yuqori mehnat unumdorligini va umuman aholining yuqori daromadini ta‘minlovchi yuqori darajadagi ta‘lim hisobidan jamiyat faqat yutadi, bu – ta‘limga ketadigan xarajatlar bir qismini hukumat moliyalashtirishi ma‘qul ekanligining yaqqol dalilidir. Keyingi o’rinda esa hukumatlarning e‘tiborini talabalar (ularning ota-onalari) tomonidan to’lanadigan badallarning adolatli nisbatiga jamlash mumkin.
Bugungi kunda ko’pgina G’arb mamlakatlarida bu nisbatda ko’proq talabalar hisobidan moliyalashtirishning hissasi ortib, hukumatning salmog’i kamayib bormoqda. Ba‘zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlangan. Talabalar moliyaviy holatining keskinlashuvi bilan bog’liq ziddiyat oqibat natijada o’qish
uchun xarajatlarning bir qismini o’zining ish haqi hisobidan moliyalashtirishga o’tishga olib keldi. Bu o’qish muddatining uzayishiga va ta‘limning ancha moslashuvchan modeliga talabning yuzaga kelishiga ta‘sir ko’rsatdi. Ammo ta‘lim uchun talabalardan olinadigan haq hatto AQSh davlat ta‘lim muassasalaridagi ta‘limga sarflarning faqat 20 foizini qoplaydi, xolos (xususiy ta‘limda 33%). Qolgan xarajatlar davlat va xususiy manbalardan moliyalashtiriladi. Ko’pgina mamlakatlarda oliy ta‘limni davlatdan moliyalashtirishda byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib qolmoqda. Shuning uchun ta‘lim muassasalariga moliyalashtirishning qo’shimcha manbalarini izlab topish huquqi beriladi va bunda ularga har tomonlama yordam ko’rsatiladi.
Tijorat faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi:
universitet maydonlari va jihozlaridan konferentsiyalar va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazishda foydalanish;
ta‘lim muassasalari ko’rsatadigan xizmatlardan yoki ularga tegishli yerdan foydalanuvchi firmalarni tuzish;
ta‘lim muassasasi mutaxassislarining tijorat kompaniyalariga maslahatlar berishini ta‘minlash;
aholiga qo’shimcha ta‘lim xizmatlarini ko’rsatish;
buyurtmalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar.
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni barpo etish yo’lida amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani ta‘lim muassasalari va firmalar o’rtasida taqsimlash borasida vujudga keladi. Ma‘lumki, agar universitet foydasining hammasiga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma ochmaydi. Ta‘lim muassasalariga tijorat faoliyatidan keladigan foyda qayta investitsiyaga yo’naltirilsa, bunday hollarda ta‘lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi sezilarli ahamiyat kasb etadi. Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlariga qo’shimcha sarflarsiz va professor-o’qituvchilarni qo’shimcha jalb qilmay talabalar qabulini oshirish ta‘lim muassasalari samaradorligini oshirishning eng oson yo’li hisoblanadi. Buni faqat ta‘lim muassasasiga jalb etilgan xodimlari
ma‘qullagandagina oqlash mumkin. Biroq, ko’pgina universitetlarning professoro’qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatida qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari bilan bog’langanlar, bunday yondoshuv cheklangan imkoniyatga ega.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so`ng barcha sohalarda tub o`zgarishlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta`lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim- tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’navyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi.” Ta’lim tizimini har tomonlama shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi,dunyo qarashi, bilim saviyasini o`zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo`lmaydi.
Shunday qilib, keyingi o’n yilliklardagi klassik universitetlar taraqqiyoti umumjahon miqyosida oliy ta‘lim iqtisodiyotidagi quyidagi umumiy yo’nalishlarni belgilash imkonini beradi:
1. Yevropadagi ko’pgina mamlakatlarda keyingi bir necha yillar mobaynida nisbatan (ayrim joylarda mutlaqo) oliy ta‘limni moliyalashtirishning pasayishi yuz berdi. Bu hol Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy pasayish bilan bog’liq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o’z sarflarini
faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o’z professorlarini xizmat safariga yuborish va taklif etilganlarni qabul qilishda ham qisqartirmoqdalar.Masalan, Germaniyaning faxri bo’lgan Geydelberg universiteti barcha o’quv-ilmiy laboratoriyalarining, ular universitetga qay darajada foyda keltirishi nuqtai nazaridan muntazam tahlilini o’tkazadi, tahlil natijalariga ko’ra esa o’zini oqlamagan ayrim laboratoriyalarini yopadi).
2. Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarning ta‘lim muassasalari davlat tomonidan moliyalashtiriladigan o’quv-ilmiy va madaniy markazdan tobora ko’proq, korporativ xususiyatlarga ega bo’lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy subyektiga aylanmoqda, shu jumladan, ular tarkibiy bo’linmalarining samaraliligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash olib borilmoqda. Universitetlarda ta‘limning qo’shimcha, iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan turli shakllarining soni ko’paymoqda, ilmiy tadqiqotlar esa tobora amaliy xususiyat kasb etmoqda va firmalar yoki xususiy jamg’armalar tomonidan moliyalashtirilmoqda; ta‘limning turli shakllarida mutaxassislar tayyorlash tannarxi bo’yicha faol tadqiqotlar olib borilmoqda, ta‘lim uchun haq to’lashning tabaqalashtirilgan variantlari ko’rib chiqilmoqda.
3. Ta‘lim muassasalari taklif etayotgan qushimcha ta‘lim xizmatlarining keskin o’sishi, shu jumladan, ta‘lim muassasasini tugatgandan keyin ham ta‘lim
xizmatlarini ko’rsatish. Bu jarayonni davlat ham rag’batlantirmoqda, chunki yuqori malakali mutaxassisga ehtiyoj yuqoridir, bundan nodavlat sektori ham manfaatdor, chunki o’z xodimlari malakasini oshirish ehtiyoji ham sezilarli darajada oshmoqda. Ta‘lim muassasalari ham iqtisodiy jihatdan qo’shimcha ta‘lim ko’rsatish tizimini rivojlantirishdan manfaatdor. Masalan, AQShda ta‘lim muassasalari diplom olgandan keyingi ta‘lim va qo’shimcha ta‘lim xizmati ko’rsatishdan bakalavriat ta‘limidan keladigandan ko’ra ko’proq daromad oladilar.
4. Ta‘lim muassasalarining tobora ko’proq avtonom (mustaqil) bo’lishga intilishi, ya‘ni ta‘lim muassasalari borgan sari davlat tomonidan kamroq darajada, ko’proq esa ta‘lim muassasasi o’zi ishlab topgan mablag’ hisobiga moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanmoqda, bu davlat tomonidan nazoratning kuchayib borishi bilan mutanosib ravishda olib borilmoqda. Ta‘lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish tartibi yaratilmoqda. AQShda davlat, masalan, akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy) agentliklar ishini rag’batlantiradi, Frantsiyada ta‘limni baholash bo’yicha maxsus Milliy qo’mita tuzilgan. O’zbekistonda ta‘lim sohasida o’quvchi jon boshiga moliyalashtirish usulini bosqichma-bosqich va barcha hududlarda joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Barcha umumta‘lim maktablari, maktabgacha ta‘lim muassasalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida bir nafar o’quvchiga (tarbiyalanuvchiga, talabaga) mo’ljallangan xarajatlarning bazaviy normativlarini joriy etish shartlarini qat‘iy belgilovchi hukumat qarorlarining qabul qilinishi ushbu yo’nalishdagi muhim qadam hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |