Internet promouteri
Internet marketingi bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni axborot
mahsulotlari bozorini o‘rganish orqali reklama
tadbirlarini tashkil etuvchi, katalog resurslari loyihasi va
qidiruv tizimlarida saytlarni qayd qiluvchi reklamalarni
to‘g‘ri tarqatuvchi, xizmatlarga vaqtinchalik chegirmalar
beruvchi mutaxassis.
Internet protokoli
Kompyuterlar orasida axborot almashinuviga javob
beradi. Internet protokol manzil - kompyuterlarga
berilgan aksariyat hollarda 32 bitdan tashkil topgan
bo‘lib, intemetga ulangan kompyuteming manzilini
aniqlaydi.
Internet provayderi
Foydalanuvchilarga Intemetdan erkin foydalanish
xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
Internet server
Xohlagan kerakli Internet xizmatlar faoliyatini
ta’minlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: http (sayt),
E mail (elektron pochtasi), anjumanlar, ftp va h.k. Saytni
Intemetda joylashtirish uchun kamida http xizmatini
qo‘llab-quvvatlovchi Intenet serveri zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |