Tarmoq texnologiyalari



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

Ochiq kalitli shifrlash 
Kriptografik sistema qanchalik murakkab va ishonchli algoritmga asoslangan 
bo‘lmasin, uning amaliy qo‘llanishida kelib chiqadigan nozik masala, ya’ni 
kriptosistemalardan foydalanuvchilarga kalitlarni taqsimlash masalasi muhim 
bo‘lib qolaveradi. Haqiqatan ham, axborotlar tizimida maxfiy aloqani ta’minlovchi 
kriptografik sistema foydalanuvchilarining o‘zaro aloqasi uchun kalit ularning biri 
orqali yaratilgan bo‘lib, ikkinchisiga maxfiy holda etkazilishi lozim bo‘ladi. 
Bundan kelib chiqadiki, umuman olganda, kalitni etkazish (uzatish) uchun ham 
yana boshqa kriptosistemadan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu masalani echish 
uchun klassik hamda zamonaviy fan va texnika yutuqlariga, xususan, algebra fani 
yutuqlariga asoslangan holda ochiq kalitli kriptosistemalar yaratish yo‘nalishi 
vujudga keldi. Ochiq kalitli kriptosistemalarning mohiyatini quyidagilar tashkil 
etadi: 


1.  Axborotlar  tizimi  kriptosistemasidan  foydalanuvchilarning  har  biri  ma’lum 
qoida bilan bog‘langan ikkita kalitni yaratadi (tuzadi). 
2.  Bu  tuzilgan  (yaratilgan)  kalitlardan  biri  ochiq  e’lon  qilinadi,  ikkinchisi  esa 
sir (maxfiy) saqlanadi. 
3.  Dastlabki  ochiq  kalit  bilan  shifrlanib,  tegishli  foydalanuvchiga  uzatiladi, 
bunda shifrlangan matnni (kriptogrammani) bu ochiq kalit bilan deshifrlash 
imkoniyati  yo‘q,  ya’ni  shifrlangan  matnni  bu  ochiq  kalit  bilan  ochish 
imkoniyati yo‘q. 
4.  Uzatilgan  (etkazilgan)  kriptogramma  faqat  kriptogrammaning  haqiqiy 
egasigagina ma’lum bo‘lgan ikkinchi maxfiy kalit bilan deshifrlanadi. 
Ochiq  kalitli  kriptosistemalar  teskarisi  mavjud  bo‘lmagan  yoki  teskarisini  hozirgi 
zamonaviy  fan  va  texnika  yutuqlaridan  foydalangan  holda  qoplanmaydigan 
darajada  juda  katta  moddiy  sarf-xarajatlar  bilan  hamda  keragidan  ko‘p  vaqt 
sarflash bilan aniqlanadigan funksiyalarga yoki algoritmlarga asoslanadi. Shunday 
funksiyalar  yoki  algoritmlarni  quyidagi  xossaga  ega  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq: 
berilgan x qiymatda f(x) funksiyaning  qiymati y etarli  darajada  oson  hisoblanadi, 
ammo  biror  noma’lum x qiymatda  funksiyaning  qiymati  y=f(x) ma’lum 
bo‘lsa, x qiymatni  topishning  ham  moddiy  jihatdan  ham  vaqt  nuqtai  nazaridan 
etarli 
darajadagi 
imkoniyati 
yo‘q. 
Ochiq  kalitli  kriptosistemalar  algoritmlari  ularning  asosini  tashkil  etuvchi  bir 
tomonli funksiyalar bilan farqlanadi. Ammo har qanday bir tomonli funksiya ham 
ochiq  kalitli  kriptosistemalar  yaratish  uchun  va  ulardan  amaldagi  axborotlar 
tizimida  maxfiy  aloqa  xizmatini  o‘rnatish  algoritmini  qurish  uchun  qulaylik 
tug‘dirmaydi.  
Bir  tomonli  funksiyalarni  aniqlash  ta’rifida  nazariy  jihatdan  teskarisi  mavjud 
bo‘lmagan  funksiyalar  emas,  balki  berilgan  funksiyaga  teskari  bo‘lgan 
funksiyaning qiymatlarini hisoblash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan 
funksiyalar  tushunilishi  ta’kidlangan  edi.  Shuning  uchun  ma’lumotning  ishonchli 
muhofazasini  ta’minlovchi  ochiq  kalitli  kriptosistemalarga  muhim  bo‘lgan 
quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1.  Dastlabki ochiq matnni shifrmatn ko‘rinishida o‘tkazish bir tomonli jarayon 
va shifrlash kaliti bilan shifrmatnni ochish – deshifrlash mumkin emas, ya’ni 
shifrlash kalitini bilish shifrmatnni deshifrlash uchun etarli emas. 


2.  Ochiq  kalitning  ma’lumligiga  asoslanib,  maxfiy  kalitni  zamonaviy  fan  va 
texnika  yutuqlari  yordamida  aniqlash  uchun  bo‘ladigan  sarf-xarajatlar 
hamda  vaqt  maqsadga  muvofiq  emas.  Bunda,  shifrni  ochish  uchun 
bajarilishi  kerak  bo‘ladigan  eng  kam  miqdordagi  amallar  sonini  aniqlash 
muhimdir. 
Ochiq  kalitli  shifrlash  algoritmlaridan  axborotlar  tizimida  ma’lumotlarning 
maxfiyligini ta’minlashda zamonaviy ilg‘or uslub sifatida foydalanib kelinmoqda. 
Ochiq kalitli kriptosistemalarni yaratishning RSA algoritmi johon standarti sifatida 
qabul  qilingan.  Bu  haqida  keyingi  bo‘limlarda  alohida  to‘xtalamiz. 
Umuman  olganda,  zamonaviy  ochiq  kalitli  kriptosistemalar  quyidagi  tipdagi 
akslantirishlarga (funksiyalarga) tayanadi: 
1.  Katta sonlarni tub ko‘paytuvchilarga yoyish. 
2.  Chekli sonli maydonlarda logarifmlarni hisoblash. 
3.  Algebraik tenglamalarning ildizlarini hisoblash. 
Shu erda ta’kidlash lozimki, ochiq kalitli kriptosistemalar algoritmlaridanquyidagi 
maqsadlarda foydalaniladi: 
1.  Saqlanuvchi  va  uzatiladigan  ma’lumotlarning  maxfiyligi  muhofazasini 
ta’minlovchi mustaqil vosita sifatida. 
2.  Kalitlar  taqsimotining  muhofazasini  ta’minlovchi  vosita  sifatida.  Ochiq 
kalitli kriptosistemalar algoritmlari an’anaviy kriptosistemalar algoritmlariga 
nisbatan  murakkab  bo‘lib,  undan  ko‘proq  kalitlarni  taqsimlashda 
foydalaniladi.  So‘ngra  katta  hajmdagi  ma’lumotlarni  uzatishda  soddaroq 
bo‘lgan sistemalardan foydalaniladi. 
3.  Autentifikatsiya,  ya’ni  ma’lumotlarning  haqiqiyligini  aniqlash  uslublari 
vositasi sifatida.  
 
 
 



Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish