V BОB. Multimediali tarmoq texnologiyalari
5.1.
Multimedia tushunchasi. Multimedianing afzalliklari
5.2.
Multimediali trafik
5.3.
Tarmoq xavfsizligi
5.4.
Kriptografiyaga asoslari.
Хulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Glossariy . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro`yхаti . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
KIRISH
О‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish
tamoyillari birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat
muassasalari va xо‘jalik suyektlari, muassa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun
axborot xizmatlarini yо‘lga qо‘yish, ikkinchidan iqtisodiyot, fan, ta’lim, ijtimoiy
sohada axborot tizimlarini shakllantirishga kо‘maklashish va uchinchidan
respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni
ta’minlashdan iboratdir.
Axborot texnologiyalarini zamonaviy texnika yutuqlari bilan о‘zaro
bog‘lash ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik
dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qо‘ydi.
Kelajagi buyuk davlatni bunyod etishda yangicha fikrlaydigan, bozor
munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat kо‘rsatadigan yuksak malakali,
chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan
davlatlar qatoridan mustaxkam о‘rin egallashi uchun zamonaviy axborot tizimlari
va texnologiyalarini inson faoliyatining barcha jabhalariga keng joriy etish muhim
omillardan biridir. Bozor iqtisodiyotiga о‘tilayotgan dorilomon zamonda
jamiyatimiz taraqqiyoti xalq xо‘jaligining har sohasiga yangidan-yangi
texnologiyani, jumladan yangi axborot texnologiyalarini jalb qilishni taqoza
etmoqda.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni
birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo
bо‘ladi. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga
keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni
birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida
yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir
vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda
foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini о‘zida birlashtirgan Internet
tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |