«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


– bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

– bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon
hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya.
Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab
oladi, ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
8-9 Mavzuar: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy
taraqqiyot.
 Reja
 
1. O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi
2. Tarixiy xotiraning tiklanishi.
3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Mustaqillik bizning milliy-madaniy qadriyatlarimizning naqadar boy va teran
tafakkur uslubini shakllantirishga imkoniyat ochib berdi. Oqibatda milliy
98


qadriyatlarimiz jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy
tarbiyalashda hamda ularni milliy iftixor ruhida tarbiyalashda qudratli tarbiyaviy
negiz bo'lib xizmat qilmoqda.
Inson kamoloti va tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan jamiyat va shaxs
ma'naviyatini yuksaltiruvchi tafakkur rivojida beqiyos ahamiyat kasb etadigan milliy
qadriyat shakllarining inson faoliyatiga singib borishi jamiyatning yuksalib borishiga
sabab bo'ladi. Demak, ma'naviyat jamiyatning yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishiga
kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi va aksincha,
ma'naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi.
Fan-texnika taraqqiyoti, zamonaviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi
va yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bunday holat insondan yanada yuksak
ma'naviyat darajasiga ko'tarilishni talab etadi. O’z navbatida, shaxsning ma'naviy
yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyatning taraqqiyotini
tezlashtiradi. Darhaqiqat, ma'naviyatni yuksaltirish shu kunning dolzarb
vazifalaridan biri, kelajak poydevori bo'lmish yoshlar qalbi va ongiga boy ma'naviy
merosni singdirish, mustaqillik g'oyalarini singdirish asosida o'zida xulq-odob
madaniyatini mujassamlashtirgan barkamol avlodni shakllantirish kunning asosiy
vazifasidir. Zero, Vatan kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish
avvalo yoshlariga, ularning har tomonlama barkamol inson bo'lib voyaga etishiga
bog'liqdir.
Istiqlol arafasida ma’naviyat sohasiga beqiyos e’tibor qaratilib, yurtboshimiz
sa’y-harakatlari bilan tilimizda, demakki, ongu tafakkurimiz – dunyoqarashimizda
ma’naviy boyliklar, ma’naviy tarbiya, xalq ma’naviy boyligi, xalq ma’naviyati,
ma’naviy burch kabi tushunchalar yangidan shakllandi. Birgina misol: agar o‘tgan
asrning 70-80-yillarida chop etilgan ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham,
o‘n to‘rt jildlik “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”ga ham “ma’naviyat” so‘zi
kiritilmagan, demakki, bu tushunchaga ta’rif berilmagan bo‘lsa, 2009 yilda nashr
etilgan “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” nomli alohida kitobda
odamzod uchun bebaho boylik bo‘lmish ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning
inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ahamiyati bilan bog‘liq eng asosiy
tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan.
Sobiq tuzum davrida inson ma’naviyati, xalq ma’naviyati, millatimizning
ma’naviy merosiga nisbatan bir tomonlama yondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy
nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishda
ma’naviy merosning minglab durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq
qilish taqiqlangan edi. Yuzlab ma’naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda,
dindorlikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Hatto, yaqin qarindoshining janozasida
bo‘lgani, ta’ziyasiga borgani uchun yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari
ko‘rilishi eski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga aylangandi. Yurtboshimiz
iborasi bilan aytganda, “bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi va odatlarini,
o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”.
Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki, ezgu g‘oyalarga, ma’naviy merosga,
an’analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoqqa
borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida patorat topgan sobiq
ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida
xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi poymol etilgani, ko‘hna tariximiz va
99


muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar
yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy
targ‘ibot faoliyati o‘zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan eski davrdagi
“propaganda-agitatsiya ishlari”dan farq qiladi.
Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyaning 12-moddasida:
“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga
muvofiqdir. Bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy targ‘ibot-tashviqot jarayoni
zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu korga mansub bo‘lgan
kishilarni ma’naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va
tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish,
yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga
qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish