Siyosiy partiyalar
– ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi
siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini
belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Siyosiy tashkilotlar
– siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda
etadi.
Siyosiy tizim
jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq
munosabatlar harakatlarida o‘z ifodasini topadi.
Sotsial
– lot. socialis – ijtimoiy, jamoatchilik; jamiyat va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘langan.
Sotsium
lot. sociumumumiy, birgalikdagi; insonlar hayot faoliyati shartsharoitlarini birligini xarakterlovchi
ijtimoiy umumiylik, birlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |