Jamoat birlashmalari –
fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar
va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Jarayon
– muayyan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar, voqea va hodisalarning davomiyligi. J.lar uzlukli va
uzluksiz, tabiiy va sun’iy, takrorlanuvchi va byetakror, boshqariluvchi va boshqarilmas bo‘lishi mumkin.
Jinoyat
– qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish.
zamin, o‘lkadir.
Identifikatsiya
– (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya u yoki bu
siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy adolat
– barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro
teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |