Тарихшунослик фанидан



Download 0,99 Mb.
bet55/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Gumanizm va reformatsiya
Erazmning diniy bag‘rikenligi reformatsiyaning ayrim vakillariga yaqin edi.

  1. ulardagi diniy bag‘rikenglik, tabiatga bo‘lgan ruhiy munosabat, marosimlarni sodda shaklda o‘tkazish va barcha diniy odatlarni soddlashtirish. Erazm ta’limotini reformatsiya harakatining ayrim vakillari qarashlari bilan yaqinlashtirar edi.

Erazmning hurfikrliligi protestant va katolik Yevropa davlatlaridagi ziyolilarga qattiq ta’sir etdi. Erazmning zamondoshi Xudoluis Vives falsafiy tilni badiiy xalq tiliga yaqinlashtirish kerak va uni sxolastikaning murakkab tushunchalari va mushohadalaridan ozod qilish kerak deb hisoblar edi.
Erazmning adolat va tinchliksevarlik g‘oyalari Vivech Andje madjevskiy va shunga o‘xshash Yevropaning mashhur mutafakkirlarining fikricha katta ta’sir ko‘rsatdi.


Tomas Mor
Rotterdamlik Erazmning qarashlariga uning buyuk zamondoshli bo‘lgan Tomas Morning qarashlari yaqin edi.
Tomas Mor Londonda 1478 yil qirol sudyasining oilasida tug‘iladi. Grammatik maktabidagi o‘qish unga lotin tilini yaxshi egallashga imkoniyat berdi. Yoshlik davrida Tomas Mor Kenterbereylik arxiepiskop Jon Mortanning oilasida xizmat qiladi. Arxiepiskopning xonadonida o‘sha davrning mashhur yozuvchilari, olimlari, sahxatchilari siyosatchilari va ruhoniylar tez-tez yig‘ilib turishar edi.
XV asrning 90 yillarida arxiepiskopning maslahatiga binoan Tomas Mor gumanistik qarashlarning markaziga aylangan Oksford Universitetining kolledjida ta’lim oladi. Kollejdagi o‘qishni tamomlagach Tomas Mor Londonning yuridik maktabini bitirib, yurist va advokat sifatida xizmat qiladi. Yosh sudyaning halloligi va o‘tkir zehni unga katta hurmat va e’tibor keltirdi va Tomas Mor Angliya parlamentining umumiy palatasiga saylanadi.
Tomas Morning siyosiy faoliyati Angliya qiroli Genrix II ning iqtisodiy talablariga qarshi chiqishdan boshlandi. Morning bu harakatlari umumiy palata deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
XVI asrning boshlarida Tomas Mor oksford gumanistlari qarashlarini qo‘llab-quvvatlaydi, antik yozuvchilari va faylasuflari asarlarini Italyan faylasufi Piko dela Mirandolaning tarjimai holini va xatlarini ingliz tiliga tarjima qiladi.
O‘zining yozuvchilik ijodini Mor London sherifiga yordamchisi sifatidagi hikmati bilan birlashtiradi.
Qirol Genrix III ga fidokorona xizmat qilganligi uchun Tomas Mor qirol kengashining a’zosi etib sayladi. Keyingi yillarda Tomas Mor muhim davlat mansablarini egallaydi va nihoyat Angliyaning lord-kantsleri darajasiga ko‘tariladi. Genrix III tomonidan Angliyada o‘tkazilgan reformatsiya Tomas Morda keskin norozilik uyg‘otdi.
Tomas Mor Yevropada yagona xristian katolik cherkovi hukmronligini saqlab qolishi tarafdori edi. U Martin Lyuter Genrix III ning reformatsion harakatlariga qarshi chiqdi.
Tomas Mor Angliyada fermerlar erini tortib olish siyosatiga qarshi chiqadi. “Qo‘ylar odamlarni edi” degan mashhur ibora Tomas Morga tegishli edi. Qirolning qonunbuzar harakatlariga qarshi chiqgan Tomas Mor Tauer qamoqxonasiga tashlanadi va uzoq davom etgan sud jarayonidan keyin 6 iyul 1535 yilda qatl qilinadi.
Tomas Morning qahramonona harakatlari gumanistlarning inson hurmati, ruhiy ozodligi va hurfikrliligiga butkul to‘g‘ri kelar edi.
Morning qatl qilinishi Yevropadagi gumanistik harakatni o‘z nihoyasiga etganligidan dalolat berar edi.

Utopiya” asari


Ilk bor katitalizm jamiyatidagi ziddiyatlarga qarshi chiqqan Tomas Mor o‘zining «Utopiya” asarida bu ziddiyatlarni tanqid qilib, sinfsiz ijtimoiy tenglik mavjud bo‘lgan jamiyat timsolini yaratadi. Tomas Morning Utopiya asari gumanistlarning siyosiy axloqiy qarshlari bilan bevosita bog‘liq edi.
“Utopiya” asarida Tomas Mor o‘zi yashagan Angliya siyosiy tuzumini qattiq tanqid qiladi. Ayniqsa, xususiy mulkchilikka asoslangan bu davlati tuzumini kambag‘al dehqonlarga qarshi qilgan zulmlarini, daydilarga qarshi chiqarilgan qonunlarni qoralaydi.
Daydilikning sababi Morning fikricha o‘z erini yo‘qotib qo‘ygan dehqonlarning kelib chiqishdandir. Bu dehqonlarga davlat tomonidan qilinadigan zulmlar xalq sabr kosasini to‘ldirib yuborgan deydi. Mor Davlat boyligini yaratuvchi bu dehqonlar yovvoyi hayvonlar kabi yashaydilar. Ularning qismati har qanday vijdonli odamni norozi bo‘lishiga olib keladi. Davlat ularga yordam o‘rniga quvg‘in qiladi va qamoqxonalarga tashlaydi. Ularning peshonalariga esa tamg‘a uriladi. Ularning oilasi bola-chaqasi ham daydilarga aylanib, Angliya yo‘llarida darbadardirlar.
Ularning bir qismigina shaharlarda eng qashshoq lyumpen qatlamini tashkil etadi. Ko‘pchiligi esa qamoqxonalarda va surgunlarda azob-uqubat va surgunlarga chiday olmay jon beradi. Bunday adolatsiz tuzumni Tomas Mor butun borlig‘i bilan qoralaydi. Umumiy mulkchilikka asoslangan tuzum haqida yozar ekan. Tomas Mor Injil va Tavrotda ham bu haqda aniq fikrlar keltirib o‘tishganligini aytadi. Uning fikricha insondagi qabihlik nafs va hirsning zo‘rligidan kelib chiqadi, inson ular ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ysa, har qanday razillikka qodir bo‘lib qoladi.
Xudo buni oldindan ko‘ra olganligi uchun deb yozadi Mor insonlarni ko‘proq umumiy manfaatlarni o‘ylashga da’vat etadiyu iso Masih ham ilk bor xristianlarga jamoa bo‘lib yashashiga va umumiy mulkka ega bo‘lishga maslahat berganlar. Xususiy mulkchilik mulkchilik Morning fikricha insondagi eng tuban xislatlarni rivojlantiradi va jamiyatni shahvatparastlik, tubanlik va poraxo‘rlik domiga tortadi.
Morning “Utopiya” asaridagi afsonaviy shahar Tavrot va Injilda ko‘rsatib o‘tilgan “Fozil davlat”ga o‘xshab ketadi. Bu orolda joylashgan shaharda ish kuni bor yo‘g‘i 6 soatni tashkil etadi. Qolgan vaqtni esa “Utopiya”liklar o‘z-o‘zini rivojlanish dam olish, ilm fan bilan shug‘ullanishga bag‘ishlaydilar.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish