Savollar:
Musulmon tarix teologiyasining tavsifiy xususiyatlarini ayting.
Dunyo va insonning yaratilishi to‘g‘risidagi ta’limotlar.
Abu Nasr-al-Farobiyning ijtimoiy – siyosiy qarashlari tushuntirib bering.
Ijtimoiy hayotning turlari, shakllari, kelib chiqishi va o‘rganilishi.
Ibn-Xaldun va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini aytib bering.
6-MA’RUZA: UYG‘ONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR)
Reja:
1. Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
2. Nikolay Kuzanskiy - “Bilimdon bilimsizlik”/
3. Cheksizlik muammosi va kosmologiya
4. Florentsiyaning Platon akademiyasi
5. Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish
6. Insonning erkinligi haqidagi ta’limot
7. Leonardo da Vinchi fenomeni
8. Makiavelli va makiavellichilik
Tayanch iboralar: Uyg‘onish davri dunyoqarashining tavsifiy xislatlari. Uyg‘onish davri insonparvarligi. Jamiyat va shaxs. Uyg‘onish davri tarixchiligi. Tarixiy vaqtning ochilishi (kashf qilinishi). Uyg‘onish davrida tarixiy fikrning asosiy yo‘nalishlari. A.Valla. F.Patritsi. L.Leruaa. N.Makiavelili. J.Boden.
Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri deb atalgan davr XIV -XV asrlarni o‘z ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. Bu davr olamga Nikolay Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vilgi, Dj. Bruno, va ko‘pgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi.
Falsafa tarixida Uyg‘onish davrining ahamiyati mavzusida mashhur rus tadqiqotchisi Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va Vindelband bu davrni o‘rta asr sxolastik falsafasidan G‘arbiy Yevropaning yangi davr falsafasiga o‘tish davri deb hisoblaydilar va faqat uyg‘onishga xos bo‘lgan maxsus xususiyatlar va buyuk kashfiyotlar haqida batafsil to‘xtab o‘tmaydilar. Mashhur ingliz faylasufi B.Rassel esa uyg‘onish davri falsafasini o‘rta asr metafizik naturfalsafa deb hisoblaydi va naturfalsafaga xos bo‘lgan fantastik dunyoqarash elementlarini tanqid qilib o‘tadi. Rassel fikricha Spinoza, Leybnits, Dekart ta’limotidagi ilmiy qarashlar, yangi davr falsafasiga asos solgan va bu falsafa uyg‘onishning naturfalsafiy qarashlaridan ko‘ra katta ahamiyatga ega.
Gorfunkel Garen, Ch Vazzoli asarlarida uyg‘onish davri falsafasi G‘arbiy Yevropada yangi kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tuzumning boshlanish davri deb hisoblanadi va tuzum o‘tlishidagi feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirgan madaniyat va ma’rifatni antik davr madaniyatiga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan.
Uyg‘onish davrining buyuk geografik astrnomik, matematik kashfiyotlari bu davrda sayyohatchilar tomonidan yangi erlarning ochilishi falsafiy dunyoqarash doiralarini benihoya kengaytirdi. Natijada bu davrning faylasuflari entsiklopedik bilimlarga ega bo‘lgan olimlarga aylanishdi. Badiiy adabiyot, san’at, haykaltorshlikning rivojlanishi esa badiiy obrazli fikr yuritishga birinchi darajali ahamiyat berdi.
Uyg‘onish davri falsafasining markazida inson va koinot masalalari yotadi. Inson koinotni o‘z ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi. Uyg‘onish davri falsafasi birinchi darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va bu masalani insonning tabiatda egallagan o‘rni va insonni tabiatga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘ladi.
Bundan tashqari Uyg‘onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi.
Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko‘rishimiz mumkin.
Uyg‘onish deb nomlangan davr o‘rta asrlarda unutilgan antik falsafiy va madaniy merosni qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, aristotelik va platonik ta’limotlarni Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno ta’limotlarida uchratishimiz mumkin.
Uyg‘onish davri falsafasi panteistik tusga ega, ya’ni tabiat puxatlantiriladi va tabiatda xudo tajalli etadi deb hisoblanadi. Bunday qarash tabiatni ilohiy va muqaddas kuchga aylantiradi.
Kuzanskiy, Bruno, Mandzolle, Yakob Byome ta’limotlarida panteistik qarashlari bilan bir qatorda astrologiya va magiya bilimlariga xos bo‘lgan elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida falsafasida inson masalasi yana dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Uyg‘onish davri, Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma’naviy yuksalish (14– 16-a.lar)ga nisbatan qo‘llanilgan, uni o‘rta asrchilik turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o‘tib, insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon-rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san’atda dunyoviy go‘zallik, hayot taronalarini qizg‘in kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi o‘laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug‘vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g‘oyalarining jarchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.
Ammo Renessans, ya’ni Uyg‘onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9– 12-a.lar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida “Musulmon Renessansi” (A. Mets) yoki “Sharq Uyg‘onishi” (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uyg‘onish davrida Yevropa uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo‘lmagan xalqda uyg‘onish davri ham bo‘lmaydi. Markaziy Osiyoda 9–13 asrlarda o‘z xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qur’on ma’rifati bilan uyg‘unlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf ta’limoti, “ishroq” falsafasida namoyon bo‘lgan. Shu asosda turli nazariyalar, ta’limotlar yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy orifona ta’limotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga bo‘lgan ishonchning nishonasi edi. uyg‘onish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi ikki: aqliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yo‘nalish namoyandalari zohiran o‘zaro kelishmay kelgan bo‘lsalarda, amalda Yevropa uyg‘onish davrida bo‘lganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) g‘uboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq uyg‘onish davri vakillari o‘z xalqlarining qadimgi madaniyat bilan birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8–9-asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharhlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham o‘z ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn al-Arabiyga ta’sir etib, “vahdatul vujud” falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar ko‘p fikrlarni qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati: Abu Rayhon Beruniyning “Kitob at-tafhim li avoil sinoat attanjim” asari qo‘lyozmasi (13 asr) yuksalishga shaylangan xalq o‘z madaniyati va o‘zigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni o‘zlashtirib, yana yuksaklikka ko‘tariladi.
Sharq uyg‘onish davri keng ko‘lamli: ta’lim va tahlil, madrasa-maorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig‘ilgan, “xazinat ul-hikma”, “dor ul-ulum”larda tolibi ilmlar, ustoz-shogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obro‘-e’tibori yuksak qadrlandi. Sharq uyg‘onish davri yutuqlari G‘arbiy Yevropadagi uyg‘onish davriga bevosita ta’sir etgan. Chunki 12–14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli bo‘lgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida o‘qib o‘rganganlar. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo”, Forobiyning “Ilmlar tasnifi”, Ahmad Farg‘oniyning “Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi”, Muhammad Muso Xorazmiyning “Aljabr val muqobila”, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. “Tib qonunlari” 7 asr mobaynida Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd g‘oyalari Italiya, Frantsiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino – Avitsenna, Ibn Rushd – Averroes, Ahmad Farg‘oniy – Al Frageni, Abu Bakr Roziy
– Al Ramzats, Abu Ma’shar Balxiy – Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur bo‘lgan. “O‘sha paytda (13–16-a.) jaholat changalidagi Yevropaning ko‘pgina qismida musulmonlar ilm charog‘ini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shimoliy, g‘arbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon – rumo – arab urug‘idan unib chiqqandir” (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. “Sharqliklar G‘arbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar” (Gegel).
Aniq fanlar va ularni o‘rganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. “Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari bo‘lib qoldilar” (G. Gerder). Yevropa uyg‘onish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilm-fani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante “Bazm”, “Ilohiy komediya” asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni o‘z ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Ahmad Farg‘oniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning “Buyuk Temur” dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |