Klavixo va uning “kundaligi”
Mashhur sayoh va elchi Rui Gonsales de Klavixoning kitobi Temur va Temuriylar davri tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1406) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo‘l xotiralaridan iborat. Yani uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda xususan Amir Temur saroyida ko‘rgan bilganlarini o‘z ichiga olgan muhim asardir. “Kundalik” muallifi Rui Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Klavixoning Amir Temur yurtiga ham elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayda boshlanib, o‘n besh oy deganda u Samarqandga etib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‘ldilar. “kundalikda” o‘sha vaqtlarda Amir Temur qo‘l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do‘konlar, ustahonalar: Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‘rda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mo‘g‘iliston va boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‘lgan tartib – qoidalar va nihoyat, Sohibqironning xotinlari va ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida etiborga molik malumotlar keltirilgan. Bu malumotlar, shubhasiz, Turkiston zamining o‘sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini ota – bobolarimizning turmush tarzini o‘rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o‘tashi turgan gap, so‘zimning isboti uchun misol keltiraman. Saroymulkxonim tasviri: “barcha xalq o‘yinlariga o‘ltirib saranjomlik o‘rnatilganidan keyin to‘yda podishoh huzurida bo‘lishi lozim bo‘lgan katta Kano chodirlar yonidagi sarpardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi ergacha sudralib turgan uzun va keng engsiz qizil shoyi ko‘ylak. Yoqa va ikki eng o‘rnidan bo‘lak ochiq joyi bo‘lmagan bu ko‘ylak belidan to qaytarilgan etagiga qadar kengayib boradi...
Klavixoning “Kundaligi” da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Masalan kishi va joy nomlarini yozilishidagi chalkashliklar mavjud. Albatta, boshqa millat kishilari uchun mahalliy atamalar va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish juda qiyin. “kundalikda” tilga olingan Amirat Murod, Karil Sulton – Xalil Sulton, Karamish – To‘xtamish, Orasan – Xuroson, Baldat – Bag‘dod ekanligini anglash mumkin. Asar birinchi marta 1582 yili, yani yozib tugallangandan 150 yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” nomi bilan chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |