R
Radiozondlar – Ob-havoni kuzatish asboblarini atmosferaga ko’tarish uchun foydalaniladigan havo shari. Shar rezinadan ishlanib, yengil gaz bilan to’ldiriladi. Unga o’rnatilgan asboblar radiouzatish asbobiga ulangan bo’lib, yerdagi qabul qiluvchi stansiyalarga xavoning bosimi, xarorati, namligi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot yuborib turadi. Padiozond 30-35 km balandlikkacha ko’tariladi.
Reg – O’rta Osiyoda qum, qumloq, qumli joy. O’rta Osiydagi shaxarlarda qadimda jamoat to’planadigan markaziymaydanlarga quruq bo’lsin deb yerga qum solib qo’yilgan. Bunday joylarda registon,ya’ni qumli joy deb ataladi. Saxroi Kabirda toshloq cho’llar reg deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |