Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Ilmiy tadqiqotning
nazariy va uslubiy asosi bo’lib dialektik uslub, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov asarlari va mazkur muammoni hal qilish bo’yicha
xorijiy mamlakatlar hamda O’zbekiston iqtisodchi olimlarining ilmiy g’oyalar
va yo’nalishlari asos qilib olingan.
Shuningdek, tadqiqot jarayonida nazariy yondashuv, iqtisodiy statistik va
tarkibiy-funksional tahlil, qiyosiy tahlil, guruhlashtirish, grafik jadval va boshqa
usullardan foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot ishiga qo’yilgan maqsadga
erishishda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan Qonunlar, hukumat
qarorlari, farmonlariga asoslandi hamda xorij, MDH iqtisodchi olimlarining
iqtisodiy fan tarixida va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotini qaror toptirishdagi
uy xo’jaligi, uning iqtisodiyotdagi asosiy vazifalari xususidagi fikr mulohazalari
bayon qilingan ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan unumli foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |