Ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
bet50/102
Sana06.03.2021
Hajmi0,73 Mb.
#60986
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Bog'liq
Falsafa 2

130





keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo’ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G’arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo’lib tuyular edi. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi. Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli nazariyalarda o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.

1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e’lon qildi va uning asosiy g’oyalarini keyinchalik o’zining «YAngi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy

Texnopessimizm. Ko’rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.

Ayni vaqtda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o’sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar tobora bo’rtibroq namoyon bo’la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o’rin olib, qizg’in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.

Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga

yozgan so’zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har

131





qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim» .

Muammolarning turli darajalari. Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo’lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo’lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o’zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo’lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o’rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar - xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa - umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi.

Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k.

Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.

Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am- tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.

Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy- iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim

  1. neHHeu A. He^oBenecKue KanecTBa. - M., 1980. - C.123, 124.

132





o’zgarishlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg’oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko’proq odam halok bo’ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo’ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to’la sahroga aylandi.

Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.

SHunday qilib, global muammolar to’g’risida so’z yuritilgan holda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko’rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o’rganishda esa, mintaqalar soni, ko’payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.


Axborot inqilobi. 1981 yilda birinchi shaxsiy komp’yuter paydo bo’lishi bilan boshlangan axborot inqilobi (u komp’yuter inqilobi deb ham ataladi) jahonning aksariyat mamlakatlarida odamlar turmush tarzini va ularning mehnati xususiyatini butunlay o’zgartirib yubordi. Bu inqilobning o’ziga xos xususiyati shundaki, axborot muhim resursga, hozirgi dunyo jarayonlarini boshqarishning zaruriy omiliga aylandi. Uning natijasi o’laroq, nafaqat chiqindisiz, energiya va resurslarni asrovchi texnologiyalar paydo bo’ldi, balki iqtisodiy faoliyatning o’zi ham ishlab chiqarishning maydalanishi va tabaqalanishi tomonga o’zgardi. Masalan, hozirgi vaqtda AQSH eksportining atigi etti foizi 500 dan ortiq odam ishlaydigan korxonalarda yaratiladi. Qolgan barcha mahsulotlarni kichik jamoalar, ba’zan bir necha kishi ishlaydigan o’rta va kichik kompaniyalar ishlab chiqaradi. YAngi texnologiyalar va xalqaro mehnat taqsimoti sharofati bilan endilikda global iqtisodiyotda muhim rol o’ynash uchun katta mamlakat bo’lish shart emas. Bunga o’z yutuqlari bilan ham, chuqur iqtisodiy tangliklari bilan ham jahon iqtisodiyotining umumiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatayotgan Singapur, Tayvan’, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar misol bo’lishi mumkin.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish