O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2690-sonli qaror2ini aytishimiz mumkin.Bunga muvofiq joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksga kiruvchi hududiy organlar rahbarlarining, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash bo‘yicha tegishli tizimni joriy etgan holda, aholi bandligining o‘sishi va uni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshirildi. Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali ishlarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining mas’uliyatini tubdan kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tuzilmalarining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
hududiy va tarmoq aholi bandligi dasturlari tizimli ishlab chiqilishi va amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishini ta’minlash, samarali bandlik shakllarini rivojlantirish, mehnat bozori va aholining ayrim ijtimoiy-demografik guruhlari talablarini hisobga olgan holda, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish; ishsiz aholini, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ixtisoslashtirilgan ish o‘rni yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va hammabopligini oshirish yo‘li bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish; shaxsiy biznesini tashkil etishni xohlovchilar, ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishini rag‘batlantirish va ko‘maklashish, band bo‘lmagan ishga joylashtirishga muhtoj aholi uchun kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilayotgan mablag‘larni ushbu maqsadlar uchun mos ravishda oshirgan holda tashkil etish; kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy muhofazasi manzilliligini kuchaytirish, nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini nazorat qilish, ularni fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish choralarini ko‘rish, shuningdek, aholini o‘zini o‘zi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |