Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi avvalo fikrlash jarayonining til orqali ifodalanishida namoyon bo`ladi. Hozirgi kunda so`z va uning mazmuniy tomonini o`rganish maqsadida assotsiativ eksperimentdan foydala-niladi. Assotsiativ eksperimentning barcha turlari uchun xos bo`lgan xususiyat, ularda natijaning asosiy ko`rsatkichi sifatida reaktsiya vaqti hisoblanadi. Bu mezonlar nutq-fikrlash jarayonining dinamikasini o`rganish imkonini beradi.Assotsiativ reaktsiya vaqti nerv jarayonlarining o`tish tezligini ifodalaydi.

Eksperimental psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha o`tgan tajriba fikrlash jarayoniga faqat ijobiy emas, balki salbiy ham ta`sir etishi mumkin. M.Vertgeymerning fikricha, bolalarda o`tgan tajriba ijodiy tafakkurga salbiy ta`sir qiladi. Ta`lim va amaliy faoliyat jarayonida inson muammolarni echishning cheklangan usullarini o`zlashtirsa, tuzilishi har xil bo`lgan vazifalarni echishda tafakkurning rigidligi (qotib qolgan) namoyon bo`ladi. Rigidlik deganda, sub`ektning muammoni hal qilishga qiynalishi yoki shakllangan dasturni qayta o`zgartirish uchun qobiliyatning etishmasligi tushuniladi.