Kommunikatsiya (ingl. Communication) – bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
axborot almashuvidir.
Konsalting (ingl. Consult - maslahatlashish) – qo‘shimcha xizmatlar tizimi
orqali, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlagan holda, xalqaro jarayonlarga ta’sirni
mustahkamlash.
Korporatsiya – (lot. Corporatio – birlashma, uyushma, jamiyat) - biron-
bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmui.
Lizing (ingl. leasing) – mashina, jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari,
ishlab chiqarish dastgohlarini uzoq muddatga ijaraga berish.
Marketing (ingl. market — bozor) – tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan
iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay
338
sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik
faoliyati tizimidir.