Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 


15 
KIRISH 
 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy-
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, 
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni 
yengil sotish san’ati emas, balki u iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni 
hayotini yaxshilashga yordam berishdir. 
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha yetarli bilim va 
tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv 
vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa 
korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli 
korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor qaratishlari lozim, chunki 
bozorni segmentlash marketing tadqiqotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti ham segmentlashdir. Avvalgi 
davrlarda marketing asosiy e’tiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining 
maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa 
bugungi kunda esa, asosiy faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga 
jalb etilishi lozim. 
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq iste’molchilar guruhi 
bo‘lgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda yetakchi 
pozitsiyani egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning 
ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yo‘llarini izlab 
topishlari sabab bo‘lmoqda. 
Iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib 
olish uchun, marketing tadqiqotlariga ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Ideal 
sharoitda iste’molchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona 
(kompaniya) ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga nisbatan yuqori 
darajadagi ishonchi, yondashuvi haqida so‘z yuritish mumkin: “bugungi kunda 
barchaga oz bo‘lsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina 
kimgadir juda yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”. 


16 
Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan 
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish bo‘yicha, “...ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish 
siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar 
importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish”
1
ni 
ifodalovchi ustuvor yo‘nalishi korxonalarda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda, 
xizmatlar ko‘rsatishda katta ahamiyatga egadir. Endilikda korxonalar faoliyatiga
innovatsiyalarni kiritish, ular orqali bozorlarni xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, 
aholi ehtiyojlarini to‘laroq qondirishda marketing tadqiqotlarining roli kattadir.
Hozirgi raqobatda yutib chiqishlarining asosiy sharti, ushbu sub’ektlar faoliyatida 
marketing tadqiqotlarini olib borishdan iborat, chunki bozorda iste’molchilar turli 
tuman, ularning talab istaklari ham turlichadir. 
Marketing tadqiqotlari - bu tahlil yordamida iste’molchini va xaridorni ishlab 
chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi bilan bog‘lovchi faoliyat turidir. Mazkur 
darslikning maqsadi bozorni, raqobatchilarni, xaridorlarni o‘rganishda uslubiy 
yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan 
boyitish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida vujudga kelayotgan 
murakkab marketing tadqiqotlari vazifalarini hal qilishga tayyorlash hisoblanadi. 
Mazkur darslik avvalgi chop etilgan o‘quv qo‘llanmalardan farqli ravishda 
ushbu darslik o‘n beshta bobdan tarkib topgan. Unda “Marketing tadqiqotlari” 
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, 
o‘tkazish va rejalashtirish, marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlash, ularning 
klassifikatsiyasi va turlari, marketing tadqiqotlarida axborot tizimi va to‘plash 
usullari, marketing tadqiqotida tahlil metodologiyasi: tamoyillar va usullar, so‘rov 
usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish, anketa tuzish va savollarini o‘tkazish, fokus-
guruh, kuzatuv usullari, bozor segmentatsiyasi va iste’molchilar xulq-atvorini 
o‘rganish, internet tarmog‘ida marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish, 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillardagi Oʻzbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi” toʻgʻrisidagi PF-4947-sonli Farmoni. – 
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y. www.lex.uz. 


17 
o‘lchash va shkalalashtirish, eksperiment (tajriba) va sabab-oqibat usuli, 
korrelyatsiyali va regressiya tahlillar, marketing tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida 
hisobotlar tayyorlash kabi mavzular yoritilgan. Mazkur darslikda har bir mavzudan 
so‘ng nazorat va muhokama uchun savollar, test topshiriqlari hamda atamalar lug‘ati, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
“Marketing tadqiqotlari”
 
fanidan tayyorlangan darslik 5230400 – “Marketing 
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrlar, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, marketing sohasi bo‘yicha 
qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish