Sovet askari (Xoltojiyev): Fayzulla aka, Xudoni O‘zi sabr bersin.
Suxandon Urush talafotlari, qiyinchiliklari haqida ma’lumot beradi.
Urushning dastlabki kunlaridayoq 14 ming kishidan o‘z ixtiyori bilan armiya safiga jo‘natishni iltimos qilib ariza tushdi. O‘zbekistonliklar urush yillarida mamlakat mudofaa jamg‘armasi uchun jami 649,9 mln so‘m pul, 22 kg oltin va kumush to‘pladilar. Urush yillarida o‘zbek xalqi yuksak insonparvarlik xislatini namoyon etdi. O‘zbekistonga jami 1 mln dan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming bola keltirildi. Xalqimiz ularni mehmondo‘stlik, bolajonlik bilan qabul qildi. Ikkinchi jahon urushi frontlariga O‘zbekistondan 1 mln 433200 kishi safarbar etildi. 1941-yilda respublika aholisi 6,5 mln kishini tashkil etgani hisobga olinsa, bu katta raqamni tashkil etadi. Binobarin, O‘zbekiston aholisining 22 foizi jang maydonlarida qatnashdi. Bu jami mehnatga yaroqli aholining 40—42 foizi degani edi. Urushda ishtirok etganlardan 268005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi esa mayib-majruh bo‘lib qoldi. Frontda ko‘rsatgan jasoratlari uchun o‘zbekistonliklardan jami 120 ming jangchi hukumat ordeni va medallari bilan mukofotlandi. Ulardan 280 kishi Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. 32 kishi «Shuhrat» ordenining har uchala darajasi bilan taqdirlandi. Ba’zilarining xoki begona va olis yurtlarda qolib ketdi. Ozodlik va erk uchun, Vatan uchun jon fido qilganlarni doimo yodda saqlash uchun 9-may «Xotira va qadrlash kuni» deb e’lon qilindi.
Shu joyda ma’lumotlarni suxandon o‘qib bo‘lgach, Levitan Borisovichni Govorit Moskva So‘zi bilan urush tugab, ga‘laba erishilganligini e’lon qiladi. G‘alabani nishonlash uchun
“Million”ni 2018-yil kuzdagi konsetrtidagi tank sahnasidagi popuri qo‘shiq qo‘yiladi. Ichida kalinka, gruzincha, bexorocha, anjancha, surxoncha qo‘shig‘i qo‘yilib raqs tushiladi.
O‘yinchilar 10 kishi: 8 ta o‘g‘il bola(Xurshid, Alisher, Avaz, Erali, Og‘abek, Zokirov, Norqo‘ziyev, Nabiyev), 2 ta qiz(Zarina+yana yaxshi o‘ynaydigan qiz, repititsiya davomida ko‘riladi). Hamma sovet askari formasida bo‘ladi.
Urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash ishlari. Markazdan Sharof Rashidovga telefon keladi va rus ministr O‘zbekiston iqtisodi bo‘yicha buyruq beradi. (Telefon jiringlaydi)
Grishin: (Avaz)Alo. Sharof Rashidov Vsesoyuzniy Kommunisticheskaya Partiya bolshevnikov Sentralniy Komitet qishloq xo‘jaligi ministri Grishin gapirtyapdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |