Oligosaxaridlar – (oligos – “kichik”) quyi molekulyar shakarga o`xshash, molekulasida ikkitadan to
o`ntagacha bir xil yoki har xil monosaxaridlar qoldig`i bo`ladigan glikoza bog`lar bilan
bog`langan uglevodlardir.
Gidrolizlanganda hosil bo`ladigan monosaxaridlar soniga qarab oligosaxaridlar disaxaridlarga,
trisaxaridlarga, tetrosaxaridlarga, pentasaxaridlarga va xakozalarga bo`linadilar. Oligosaxaridlar
ichida eng ahamiyatga ega bo`lganlaridan disaxaridlar, masalan: saxaroza va maltoza, boshqacha
aytganda biozalardir.
Disaxaridlar (oddiy oligosaxaridlar) ikki molekula monosaxaridlarni kondensatsiyalanib suv
chiqarishi natijasida hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |