Tabiatshunoslikni o‘qitishning og'zaki uslublari, ularning turlari va metodlari annatssiya


Tabiatshunoslikni o’rganishda milliy istiqlol g’oyasi tushunchalarini shakllantirish



Download 86,45 Kb.
bet8/17
Sana02.01.2022
Hajmi86,45 Kb.
#309185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Tabiatshunoslikni o‘qitishning og'zaki uslublari, ularning turla

Tabiatshunoslikni o’rganishda milliy istiqlol g’oyasi tushunchalarini shakllantirish

Inson shunday yaratilganki, tabiat va jamiyatda paydo bo’ladigan ko’pgina muammo va masalalarga javob beradigan, doimo orzu-umidlar bilan yashashga undaydigan hayotbaxsh g’oya va mafkuraga katta ehtiyoj sezadi. Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimiz tiklandi, ma’naviyatga, milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini shakllantirishga, yosh avlodni ma’rifiy asosda tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.

Tabiatshunoslikni, tabiatni o’rganish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi bilan bog’liq bilim va tushunchalarni, xalqimizning boy ma’naviyatidagi bugungi zamonga mos eng zarur tamoyillar, urf-odat va an’analarni singdirish orqali yosh avlodda mustahkam e’tiqod, yuksak dunyoqarash shakllanadi.

Ma’lumki, dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari hamda tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash olam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofidagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ko’p ma’lumotga, bilim va tasavvurga ega bo’lsalar, ularning dunyoqarashi ham shu darajada keng, mukammal va puxta bo’ladi. SHarq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, al-Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur va boshqalarning asarlarida ham tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik tushunchalari haqida ma’lumotlar berilgan.

Allomalariraiz insonning ma’naviy kamolotida jismoniy va axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaganlar.

O’quvchilar tabiatdagi sabab-oqibat bog’lanishlari va qonuniyatlariga oid bilimlarni o’zlashtirib olmasa, yuksak dunyoqarashni shakllantirib bo’lmaydi.

O’quvchilar jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari haqidagi tasavvur va tushunchalarni, ma’lum bir narsa yoki muhitni ikkinchisidan farq qilishni, ularni ta’riflashni, kishilar hayotidagi ahamiyatini aniqlashni o’rganib, mustahkamlab boradilar.

Tabiatning moddiyligi bolalar jonli va jonsiz tabiat obektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar va bog’liqlikni aniqlashi vaqtida seziladi. Masalan, ular o’simliklarning jonsiz tuproq, suv, quyosh nuri va issiqlik bilan chambarchas bog’liqligini bilib oladilar.

Quyosh nuri bo’lmasa barglarda tirik o’simliklarning barcha organlari uchun zarur bo’lgan oziq moddalar hosil bo’lmaydi. Yorug’lik bo’lmasa, yashil o’simliklar nobud bo’ladi. Xuddi o’simliklar singari hayvonlarning hayoti ham jonsiz tabiatga bog’lik; ularga ham suv, havo, mineral moddalar zarur. o’simliklar bilan hayvonlar ham bir-birisiz yashay olmaydi.

O’quvchilar ob-havoni va turli fenologik hodisalarni muntazam kuzatadilar, tabiatdagi sabab-oqibat bog’lanishlarini yaqqol bilib oladilar.

Bo’limlardagi mavzularni o’tish, o’quvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish barobarida milliy qadriyatlarimiz, ularning hayotimizda tutgan o’rni ochib berishga harakat qilinadi.

Masalan, o’zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, havas qilsa arzigulik urf-odatlar mavjud. Oila a’zolarining barchasi to’planmaguncha ovqat yemay turish, oila boshligini odob saqlab kutish, ota-onani o’rnidan turib kutib olish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, mahalladoshlarga, tanish-bilishlarga beminnat ko’mak berish shular jumlasidandir.

«Ekmoq niyatida qolingizda ko’chat turgan paytda qiyomat qoyim bolib qolishi aniq bo’lganda ham ulgursangiz uni ekib qo’yavering», deb uqtiriladi hadisi sharifda.

SHunday ekan, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonot olamini asrab-avaylash, e’zozlash, ularning qadriga yetish insonlarning oliy burchidir.


Download 86,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish