M с = ( F : M р ) x 100%
Bu yerda: M с - moliyaviy samaradorlik;
F – foydaning o’sgan qismi;
M р - moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko’p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruv-chilar va xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq to’lovlarini maksimallashtirish maqsa-dida balans foydaning maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarish-ga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog’i lozim.
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda summasining o’sishi orqali aktsionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajat-larning qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlar- ning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni jamg’arishga yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina moliyaviy natija emas, balki o’zining tarkibiga ish haqi va uning o’sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy- iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlardan foy-dalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo’lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |