Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi hamda to’lanishi ustidan so’nggi (navbatdagi, keyingi) nazorat - davlat tomonidan soliq organlari yordamida ikki bosqichda amalga oshiriladi : a) korxonalardan bo’xgalteriya hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita korxonaning o’zida boshlang’ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish yo’li bilan.
Sotib olish solig’i- davlat daromadlarini ko’paytirish yoki ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo’yish maqsadida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ayrim mahsulotlardan olinadigan soliq. Odatda eksportga mo’ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
Sotish solig’i – mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadigan soliq. Aktsizlarning ko’rinishlaridan biri.