Soliq qonunchiligi - davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o’zgarishi va to’xtashini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig’indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquqi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
Soliq badallari (to’lovlari) – soliq qonunchiligi bo’yicha belgilangan tartibda va muddatda soliq to’lovchilar tomonidan to’lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo’yicha qonunga binoan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |