Davlat valyuta monopoliyasi - valyuta boyliklari (valyutaviy boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga o’tkazishga ruxsat berish, valyutaviy mablag’lardan foydalanish tartibini belgilash bo’yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilishni, valyutaviy mablag’lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishni va ularning qo’llanilish samaradorligini oshirish bo’yicha choralar ko’rishni taqoza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |