G
Grant – innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba- konstruktorlik ishlarini, o’qitish, davolash va boshqa shunga o’xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to’g’risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag’lar tushuniladi.
Gerb solig’i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aktsionerlik kapitalini oshirish, ijara to’g’risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |