Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish bo’yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining printsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |