T. Malikov O. Olimjonov moliya


To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari



Download 1,07 Mb.
bet266/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari

Mamlakat to’lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy-geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin-valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.

To’lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to’lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To’lov balansi – ma’lum vaqt oralig’ida rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi barcha o’tkazmalarning o’lchovidir.

To’lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi bo’yicha ajratilishi mumkin:



  • joriy operatsiyalar hisobvarag’i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi;

  • kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobvarag’i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobga olinadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda to’lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari ajratib ko’rsatiladi:

  1. savdo balansi;

  2. joriy operatsiyalar balansi;

  3. umumiy to’lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. Joriy operatsiyalar hisobvarag’ining muhim tarkibiy qismi –

bu savdo balansi bo’lib, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o’zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko’rish lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o’zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo’lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo’lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o’zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog’liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo’yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo’yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo’yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi.

Merkantilistlar iqtisodiy maktabining kontseptsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o’tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o’zgarishlarni hisobga olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag’i bo’yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo’ladi.

Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to’lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo bo’lishiga olib keldi.

To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

Birinchidan, to’lov balansiga muvozanatsizlik xos bo’lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton- vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.

Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy qilingandan so’ng, to’lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo’ydi. Shu sababli ham, to’lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo’lib qoldi.

Uchinchidan, xo’jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to’lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda. To’lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi — davlatning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda.

To’lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning to’lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo’lgan davlatlar, xalqaro hisob-

kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.

Defitsitli to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo’lgan o’z hamkorlaridan import bo’yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag’batlantirish kabilarni talab qiladi.

To’lov balansida defitsit mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:

Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo’naltirilgan holda, o’z ichiga byudjet mablag’larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo’lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o’sib borishiga chegara qo’yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko’rsatkichi va to’la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini qo’llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, vaziyatni yumshatish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qo’llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin.

Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan bog’liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to’lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o’tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag’batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bo’yicha keskin choralar qo’llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi.

Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida

tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko’tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo’qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to’lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to’liq bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya etarli darajada bo’lishi zarur. Aks holda, u valyuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko’rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo’lgan spekulyativ tazyiqni yo’q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o’zi kutgan ustuvorlikka ega bo’la olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining qo’llanilishi to’lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin.

Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to’lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag’batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig’indisi sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bo’yicha yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega bo’lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo’lgan. EIning ko’pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o’tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi.

Moliya va pul–kredit siyosati. To’lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, protektsionistik maqsadlarda import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag’batlantirish maqsadida qimmatli qog’ozlar egasi bo’lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi.



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish