T. Malikov O. Olimjonov moliya


Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari



Download 1,07 Mb.
bet235/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

2. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari

Sug’urta kompaniyasi, sug’urta tashkiloti va sug’urtalovchi so’zlari yagona ma’noni – sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan



xo’jalik yurituvchi sub’yektlarini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkiloti sug’urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik kodeksida esa sug’urta kompaniyasi sug’urtalovchi, sug’urta tashkiloti deb nomlangan. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasida sug’urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan va sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs sug’urtalovchi deb e’tirof etiladi”108.

Sug’urta tashkiloti tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lishi shart. Unga litsenziyani maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi beradi.

Sug’urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi lozim. Sug’urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Sug’urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil etilishi mumkin. 2019 yil 10 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30 ta sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning bittasi to’liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi), ikkitasi davlat mablag’lari ishtirokida tashkil etilgan bo’lib, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan (“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyatlari). Aksariyat sug’urta tashkilotlari mas’uliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo’shma korxona, “IShONCh” banklararo sug’urta kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati maqomiga ega.

Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug’urta tashkilotlari ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug’urta qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug’urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O‘zbekiston



108 O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (qo’shimcha va o’zgarishlar bilan birga).

Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari, sug’urta zaxiralarini shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo’lib hisoblanadi.

Sug’urta tashkilotlari sug’urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, sug’urta tashkilotlari savdo-vositachilik operatsiyalari bilan shug’ullansa, bu holat, pirovardida, uning to’lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.



O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:

  • qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomalari tuzish;

  • o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug’urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;

  • sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta agenti sifatida sug’urta vositachiligini amalga oshirish;

  • sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;

  • sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;

  • sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan,

sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

  • sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, sug’urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;

  • sug’urta tovoni to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;

  • sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;

  • chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish;

  • ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug’urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;

  • O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;

  • o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish. Sug’urtalovchi:

  • sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

  • sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;

  • o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;

  • sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni to’lashi;

  • firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga qonunda belgilangan tartibda etkazishi;

  • sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.

Sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari qonunchilik hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda shakllantiriladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo’lishi talab etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz shakllantirilgan bo’lish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi PF- 5197-son Farmoniga asosan sug’urta faoliyati turlariga qarab, sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab belgilandi.



Sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam MIQDORLARI109





Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish