T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Odam va maymun oyoq panjasi bosh barmog’ining tuzilishi



Download 1,17 Mb.
bet15/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166
Bog'liq
A

Odam va maymun oyoq panjasi bosh barmog’ining tuzilishi

Odam oyoq panjasining bosh barmog’i yo’g’on va baquvvat bo’lib yurish vaqtida tana og’irligini anchagina qismi unga to’g’ri keladi. Ikkinchi barmoq birinchi barmoqdan uzun bo’lishiga qaraladi. Odatda birinchi barmoq qolgan barmoqlardan uzun bo’ladi. Bosh barmoq qolgan umumiy barmoq paylari bilan o’rab olingani sababli u boshqa barmoqlarga qarama - qarshi yo’nalib tura olishidir ya’ni ichki tomonii ulardan uzoqlashib keta olishidir. Antropoidlarga esa panjaning umumiy payi faqat ikkinchi beshinchi barmoqlarni o’rab oladi. Oyoq panjasi bosh barmog’i shimpanze va gibbonlarda kalta, gorillada nisbatan kichikroq, orangutanda nihoyatda kichik va tirnoqsiz. Boshqa maymunlarni bosh barmog’i kuchsiz rivojlanganligiga qaramay doimo mavjud va boshqa barmoqlarga qarama qarshi. Umuman olganda maymunlar oyoq panjasining bosh barmog’i qo’l panjasiga nisbatan uzundir.

Gominidlarda kalla suyagi evolyutsiyasining bosh miya rivojlanishiga

bog’liqligi.

Mehnat qilish ta’sirida gominidlaming bosh miyasining o’sib borishi kalla suyagi miya qismi hajmining o’sishiga shaklan o’zgarishiga sabab bo’lgan. Ikkinchi tomondan miya qismi qaytadan ikkilamchi oziq moddalar hajmini o’zgarishi bilan bog’liq ravishda chaynash apparatining parallel ravishda kuchayib borishi tufayli kelib chiqadi.

Odamning eng yaqin ajdodlari bo’lgan maymun va ibtidoiy odamlarning miya qutisi qopqog’ini devori hozirgi zamon odamlarnikiga nisbatan nihoyatda qalin bo’lgan. Gorilla, sinantroplarda ko’z usti do’ngi yaxshi rivojlangan, odamlarda u bo’lmaydi. Eng qadimgi va qadimgi gominidlar ensa suyagining tashqi tomondan yaxshi ko’rinib turadigan ko’ndalang do’ngchasi bor. Gominid kalla suyagining miya qismi tavsiflaganda ular peshonasining anchagina darajada qiyaligini, tepa suyagining yassiligini va so’rg’ichsimon o’simtalar yaxshi rivojlanganligini aytib o’tish lozim.

Gominidlar evolyutsiyasi jarayonida bosh miyaning katta yarim sharlari o’sa borishi va ulardagi egat va pushtalarni kuchli rivojlanisi tufayli neandertallarda peshona, tepa va chakka pallalari katta bo’la borganligi tufayli oldingi tomon surilgan. Odamsimon maymunlar kalla suyagi yuz qismini sezilarli darajada oldingi chiqqan xolatdan oldinga kamroq chiqqan xolatga ya’ni prognatgan ortognat xolatga o’tgan. Keyinchalik kalla suyagining rivojlanishi natijasida peshona suyagi tekisroq bo’la bordi, jag’ apparati qisqardi va iyak paydo bo’ldi.

Odam muskullarining maymunlar muskuliga nisbatan


asosiy xususiyatlari

Odam oyog’ining muskullari qo’lining muskullariga nisbatan ko’proq rivojlangan antropoidlarda esa aksincha qo’l suyaklarining muskullari oyoq muskyllariga nisbatan kuchli rivojlangan bo’ladi. Odam muskullarini tanani vertikal xolatda saqlab turishga moslashganligini ko’p belgilar orqali ko’rsatish mumkin. Masalan odamning oyoq suyaklari juda kuchli rivojlangan bo’lib unda dumbaning kambalasimon va boldir muskullari bor. Sonning to’rt boshli muskuli maymunlarda ham yaxshi rivojlangan. Odamda yopuvchi tashqi muskul bitta maymunlarda va ba’zi tuban sutemizuvchilarda ikkita bo’ladi. Odamning nozik muskuli maymunlarnikiga qaraganda kamroq rivojlangan bo’lib, ular nisbatan boldirning yuqoriroq qismiga yopishadi. Odam va antropoidlarda tikuvchi muskul anchagina tor bo’ladi. Odam yuzidagi mimika muskullari nixoyatda progressiv rivojlangan. Burun muskulining ko’ndalang qismi, kulgi muskuli, og’iz atrofi, peshona va ko’z usti sohalarining muskullari yaxshi ajralib turadi. Odamda chaynash muskullari antropoidlarnikiga qaraganda kuchsiz rivojlangan kalla usti muskuli pay qalqonga aylangan. Quloq suprasini tashqi va ichki muskullari reduksiyaga uchragan. Odamsimon maymunlar uchun harakterli bo’lgan ko’krak bilan bo’yin o’rtasida joylashgan muskul odamda bo’lmaydi. Odamning oyoqlarida kaft muskuli, panja barmoqlarini bukuvchi kalta, bosh barmoqni panjaga yaqinlashtiruvchi muskul ayniqsa uning ko’ndalang boshchasi kuchsiz rivojlangan.

Miya suyagining hajmi

-5

Hozirgi zamon odami kalla suyagining hajmi 1000 dan 2000 sm boradi.



-5 -5

Odamsimon maymunlar gorillaniki 400 - 600sm shimpanzeniki 350 - 550sm

-5

orangutanniki 300 - 500 sm , gibbonlarni tor burunli maymunlarni yirik vakillariniki



-5 -5

kabi anchagina kichik 100 - 150sm , pitekantroplar 750 - 1000sm , kramononlar 1518- 1587 sm3 ayollarida 1300- 1350 sm3.

Qaddi - qomat

Qaddi-qomat tushunchasi keng qamrovli bo’lib uning ostida odamning tashqi tana qiyofasi tushuniladi.

Odam tana tuzilishini bir - biridan farq qilishning qadimgi yunonistonda ham o’ganilgan. Chunonchi Gippokrat (460 - 377) har xil kasalliklarning paydo bo’lishi va rivojlanishi organizm hossasi bo’lib uning asosida moddiy zaminlar yotadi degan. Odamdagi kasalliklar to’rt suyuqlik qon, shilliq, o’t suyuqligi - safro, qora - safroning noto’g’ri aralashishidan hosil bo’lgan. Agar ular to’g’ri aralashsa odam sog’ bo’ladi. Gippokrat yaxshi, yomon, kuchli, kuchsiz, ho’l, quruq kabi qaddi- qomatlarni farqlagan. Rim vrachi K Galen (131- 211) gumoral nazariya ijodkori sanaladi. U fanga gabinius qaddi qomatni belgilovchi tashqi belgilar majmuasini kiritdi. O’sha vaqtdagi tushunchalarga ko’ra har bir genotip o’zining reaktsiya

normasiga ega va u konkret sharoitda har bir shaxsning o’ziga hos fenotipini ifodalaydi. Keyinchalik qaddi - qomat masalasi tibbiyot klinikalarining diqqat markazida bo’ldi. Bunda birinchi navbatda qaddi-qomatni belgilovchi genetik omillarni va ularni modifikatsiyasiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga e’tibor qilindi. Olimlarda G. Bauer birinchi marotaba har bir odamning qaddi-qomati uning o’ziga hos shaxsiy ruxiy xolati bo’lib u irsiyatiga bog’liq. Shunday fikr V.Sh.Rusalovaga ham tegishli. Hozirga qadar ko’pchilik qaddi-qomat sxemalari morfologik jihatdan ifodalashgan. Hozir ularning 60 dan ortiq sxemalari mavjud va olimlar qaddi-qomatining yangi yangi ko’rinishlarini tavsiflamoqdalar. Keyingi yillarda qaddi-qomatni funktsional jihatdan tavsiflash ortib bormoqda.

Hozirgi vaqtda odam gavdasining tashqi ko’rinishiga (morfologiya) qarab tubandagi qaddi-qomatlar sxemalari farqlantiriladi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish