2007 yil sentabr – “SGS” (Shveytsariya) xalqaro sertifikatlash organi tomonidan Yalta shahrida tashkil etilgan xalqaro seminarda, “O‘zbekinvest” kompaniyasiga “Doimiy takomillashtiruv” va “SBT bo‘yicha rahbariyatning eng yaxshi vakili” ikki nominatsiyasida g‘oliblik sertifikatlari taqdim etilib, kompaniyaning respublika bozoridagi sifatga qaratilgan boshqaruv strategiyasining natijasi bo‘lgan yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqladi.
2008 yil iyun – “Axbor-Reyting” banklararo reyting kompaniyasi “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga 2007 yildagi faoliyati yakunlariga ko‘ra “uzA++” “Ijobiy istiqbolli eng yuqori darajadagi to‘lov qobiliyati” milliy shkala bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan reytingini berdi.
2008 yil oktabr – “SAIPRO” kompaniyasi mutaxassislarining 2007 yil yakunlariga ko‘ra sug‘urta kompaniyasining moliyaviy ishonchligi yuzasidan o‘tkazilgan mustaqil tahlili natijalariga binoan “O‘zbekinvest” EIMSKga mahalliy sug‘urta kompaniyalari orasida eng yuqori bo‘lgan “Eng yuqori moliyaviy ishonchlilik” “uzA++” reytingi berildi.