Strukturaviy tilshunoslik


BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BoG’LOVCHI VOSITALAR



Download 198,17 Kb.
bet40/62
Sana31.12.2021
Hajmi198,17 Kb.
#267871
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Strukturaviy tilshunoslik

BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BoG’LOVCHI VOSITALAR 

Reja: 

1. Mazmuniy yaqinlik  

2.  mazmuniy izchillik. 

3. Badiiy matnni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalar. 

Tayanch tushunchalar: 

Mazmuniy  yaqinlik,  mazmuniy  izchillik,  takror,  parsellyatli  tuzilmalar,  atov 

gaplar,  infinitiv  gaplar,  murojaat  birliklari,  zamon  va  makon  ifodalovchi  birliklar, 

kesimlarning zamon shakllari, modal so’zlar, xiazmatik konstruksiyalar. 

 

Matnda gaplar o’zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga 



takroriy  bo’laklar,  olmoshlar,  xiazmatik  konstruksiyalar,  zamon  va  makon 

ifodalovchi  birliklar,  kesimlarning  zamon  shakllari,  modal  so’zlar  kabi  turli  leksik-

grammatik  birliklar  kiradi.  «Bizningcha,  sintaktik  aloqaning  bu  turi  qo’shma  gap 

komponentlari  orasidagi  grammatik  aloqaga  o’xshab  ketadi,  faqat  murakkabroq 

ko’rinishda  yuzaga  chiqadi.  Ma’lumki,  qo’shma  gap  komponentlari  orasida 

biriktirish,  qiyoslash,  zidlash,  sabab-natija,  shart-payt,  aniqlash,  izohlash  kabi 

mazmuniy  munosabatlar

 

ifodalanadi.  Bu  munosabatlar  qo’shma  gapning  uch  turi: 



bog’lovchisiz,  bog'langan  va  ergash  gapli  qo’shma  gaplarda  komponentlarni  o’zaro 

biriktiruvchi  sintaktik  aloqa  vositalar-intonatsiya,  bog'lovchilar,  bog’lovchi 

vazifasidagi so’zlar, gap bo’laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so’zlarning takrorlanishi, 

umumiy  ikkinchi  darajali  bo’laklar,  kesimlarning  zamon  munosabati  kabilar  orqali 

reallashadi.  Ko’rinadiki,  qo’shma  gaplarda  sintaktik  aloqa  predikatsiyalar  orasida 

o’rnatiladi.  Tekstda  esa  sintaktik  aloqa  bir  butun  gaplar,  superfrazali  sintaktik 

butunliklar,  abzaslar,  qismlar,  bo’limlar,  boblar  o’rtasida  yuzaga  chiqib  uning 

mazmuniy va struktural birligini ta'minlaydi»

22

. Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat 



struktural  jihatdan  emas,  balki  mazmunan  ham  bir-birini  taqozo  qilishi  kerak  ekan. 

Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo’lsa, mazmun izchilligi 

ham shunchalik muhim Masalan: 1. Hovli yog' tushsa yalagudek top-toza bo’ldi.  

2.  Ahmad  bugun  ham  darsga  kelmadimi?  3.  Har  qanday  chuqurlikdan  ham 

yuksaklikka  ko’tarilish  mumkin.  4.  O’qituvchining  vazifasi  o’quvchilarga  orzu 

ulashishdan, orzu qilishni o’rgatishdan iborat bo’lmog'i lozim. 

Yuqorida to’rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo’q. 

Shu  sababli  uni  yaxlit  bir  matn  deb  bo’lmaydi.  Quyidagi  gaplar  yig'inida  esa 

mazmuniy yaqinlik ko’zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo’q:  

1. Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. 

2.  Demak,  uning  So’z  mas'uliyati  ham  boshqalarnikidan  ming  hissa 



ortig'roqdir.  

3.  Maktab  o’qituvchisining  So’zi  o’z  o’ttiz  bo’laga  yetib  boradi.  4.  Notiqning 



so’zi ming tingiovchiga yetib boradi. 5. Dorilfunun domlasining so 'zi yuz talabaga 

yetib boradi. 

Mazkur  gaplardan  matnning  so’z  va  uning  mas'uliyati  haqida  ekanligini 

payqash qiyin emas. Lekin fikrning to’g'ri, tugal va oson anglanishi uchun mazmun 

yaqinligining o’zi yetarsiz. Bu gaplar yig'inidagi mazmun izchilligining buzilganligi 

tufayli matn butunligiga putur yetgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz: 

Maktab o 'qituvchisining so 'zi o 'ttiz bo’laga yetib boradi. 

Doriifunun domlasining so’zi yuz talabaga yetib boradi. 

Notiqning so’zi ming tinglovchiga yetib boradi. 

Qalamkashning  so’zi  bir  yo’la  o’n  ming,  yuz  ming  kitobxonga  yetib  boradi. 

Demak,  uning  So'z  mas'uliyati  ham  boshqalarnikidan  ming  hissa  ortiqroqdir.{O

l

Hoshimov) 

Muallif aytmoqchi bo’lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi 

faqatgina  oxirgi  gapni  keltirib  qo’ya  qolganida  o’sha  fikrning  ta’sirchanligi  bu 

darajada  bo’lmasligi  mumkin  edi.  Adib  maqsadini  qiyoslash  hamda  miqdoriy 

gradatsiya  usulidan  foydalanib  to’la  va  aniq  yetkazishga  erishgan:  o’qituvchi  va 

bunga  parallel  ravishda  o’ttiz  bola,  domla  –  yuz  talaba,  notiq  –  ming  tinglovchi, 

qalamkash-  o’n  ming,  yuz  ming  kitobxon.  Bu  matndagi  pog’onama-pog'ona 

«kengayib boruvchi" leksik-semantik birliklar fonida yana-da aniq ifodasini topgan: 

1. Muassasalar: maktab > dorilfunun > ijtimoiy - ijodiy maktab, ya'ni hayot; 2. Kasb 

egalari: o’qituvchi > domla > notiq > qalamkash; 3. Miqdor o’ttiz > yuz > ming > 

o’n ming, yuz ming. Ohang ham shunga

 

muvofiq  ko’tarilib boradi. 



Matn  komponentlari  o’zaro  kontakt  va  distant  aloqaga  kinshadi.  Oradan  uch-

to’rt  kun  vaqt  o’tdi.  Bolaga  telefonimni  bergan  edim.  Qo’ng'iroq  qilmadi.  Bir  kuni 

yana uyushmaga kelsam, xuddi o’sha kitob do’koni oldida turibdi (Sh.Xolmirzayev). 

Bu  matnda  birinchi  va  ikkinchi,  ikkinchi  va  uchinchi,  uchinchi  va  to’rtinchi  gaplar 

orasidagi  aloqani  kontakt  (masofasiz)  aloqa,  birinchi  va  ushinchi,  birinchi  va 

to’rtinchi gaplar orasidagi aloqani distant (masofali) aloqa deymiz. 




Download 198,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish