uchun nazorat ishi. (9 ball)
uchun nazorat ishi. (11 ball)
372
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
«Strategik menejment» fani bo’yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha
natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy
ishdir. Kurs ishi «Strategik menejment» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga,
iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos
kelishi kerak.
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan
natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda
rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi -
bu qo’yilgan savollarning o’zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta’minlash. Kurs
ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va
vazifalarini aniq qo’yish hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek,
kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining
tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga
qo’yilgan maqsad hamda natijalarini to’g’ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari
va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda «Strategik menejment » fani
bo’yicha chuqur bilimga va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs
ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini,
qo’yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni
ko’zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba
kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda strategic menejmentning tashkil
qilishning o’ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o’zimizda
orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda boshqaruv siyosatining
xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini topish yo’l-yo’riqlarni ishlab
chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi:
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur
tahlil qilish;
- kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda
rasmiylashtirish;
- kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish;
- taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi;
- talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon
qilinishi;
373
- qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.
Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5230200 – “Menejment” (Xizmatlar sohasi)
ta’lim yo’nalishida nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: