LIPIDLAR ALMASHINUVI
Nazariy tushuncha:
Odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda ovqat bilan qabul qilingan yog'larning asosiy
qismi ingichka ichakka o‘tib me'da osti bezidan ajraladigan lipaza fermenti ta'sirida gidrolitik
parchalanishga uchraydi. Me'da shirasining tarkibida ham kuchsiz lipaza faolligi aniqlangan
bo‘lib, u faqatgina emultsiya holiga keltirilgan (juda mayda tomchilar shaklida) yog'larga ta'sir
qiladi. Bunday shakldagi yog' sut tarkibidagina bor. Oshqozonning o‘zida yog'larning emulsiya
holiga keltiradigan sharoit yo'q, shuning uchun ham oshqozon lipazasining ta'siri cheklangan
bo‘ladi. Ingichka ichakda esa yog’larni emulsiya holiga keltirish uchun tegishli sharoit mavjud.
Bu holat birinchidan oshqozon shirasi bilan qo‘shilib o‘tgan kislotali bo‘tqani neytrallanishi
hamda qayd qilingan bo‘tqaning hazm shiralari bilan yaxshi aralashishi bilan tushuntiriladi.
Yog'larni parchalovchi lipaza fermenti me'da osti bezidan nofaol holda ya’ni prolipaza
shaklida ajratilib faqatgina ingichka ichakda faol lipazaga aylanadi. Yog’larning ichaklarda
hazmlanishiga u yerga quyiladigan o‘t suyuqligi tarkibidagi o‘t kislotalarining tuzlari ham
muhim rol o‘ynaydi. Odam o‘tida quyidagi o‘t kislotalari uchraydi: xolat kislota, dezoksixolat
kislota, litoxolat kislota, xenodezoksixolat kislota va boshqalar. Yog’larga o‘t kislotalarining
ta’sir etishi natijasida juda mayda parchalangan emulsiya hosil bo‘ladi (xilomikronlar). Bunday
emulsiyani hosil bo‘lishida aytib o‘tilgan o‘t kislotalaridan tashqari xolestirin, erkin yog’
kislotalari hamda monoglitseridlar aralashmasining ahamiyati katta. Yog’larning emulsiyalanishi
ularning lipaza ta’sirida glitserin va yog’ kislotalariga parchalanishini ta’minlab qolmasdan
xilomikronlar ko’rinishida ichak devori orqali so‘rilishini ham yuzaga keltiradi. Ichak hujayralari
hosil bo‘lgan yog’ kislotalari va monoglitseridlarni shimib olib, qaytadan triglitseridlarni
sintezlaydi. Bu yerda qabul qilib olingan (ovqat bilan iste’mol qilingan) yog’lardan farq
qiladigan ayni organizm uchun spitsefik bo‘lgan yog’lar hosil bo‘ladi. Lekin bunday sintezlanish
ancha chegaralangan bo‘ladi. Qator tadqiqotlarda qayd qilinganki, uzun zanjirli to’yingan va
to’yinmagan yog’ kislotalar ingichka ichakdan limfaga so‘rilib ko‘krak yo’li bo’yicha qon
oqimiga tushadi. Kaltaroq zanjirli yog’ kislotalar esa bevosita qopqa vena yo’li bilan qon
oqimiga tushadi. Shuning uchun ham yog’li ovqat yeyilganidan keyin limfa va hatto qonda ham
mayda yog’ tomchilari bo‘lganligi sababli plazma loyqa bo‘lib ko‘rinadi. Ovqat bilan qabul
qilinadigan fosfolipidlar vakili - tuxum sarig’ida va miya to‘qimasida ko‘p uchraydigan letsitin
oshqozon ichak yo’lida oshqozon osti bezi shirasi ta’sirida yog’ kislotalariga parchalanadi
(fosfolopazalar ta’sirida). Ovqat bilan qabul qilingan fosfoglitseridlarning anchagina qismi
glitserin bilan yog’ kislotalari holida limfaga o‘tadi. Ovqat bilan qabul qilinadigan sterinlarning
eng muhim vakili – xolesterin erkin holda yoki efirlar holida tuxum sarig'ida, go‘shtda, jigar va
miya tarkibida uchraydi. Xolesterin efirlari me'da osti bezi shirasida uchraydigan xolesteraza
fermenti ta'sirida erkin xolestirin va yog' kislotalariga parchalanadi. Oqibatda ichak devorlari
orqali qonga, limfaga so‘riladi. Suvda erimaydigan xolesterin ichakda faqat kislotalar mavjud
bo‘lgandagina so‘riladi. Odam qonida xolesterin miqdori hayvonlarnikiga qaraganda ko‘p
bo‘lsa-da, ichaklar orqali qisman so‘rilib, asosiy qismi najas bilan ajratiladi. Najas tarkibida
uchraydigan muhim steroid-koprosterin xolesterindan ichak bakteriyalari ta'sirida hosil bo‘ladi.
Don va urug'larda uchraydigan moylar ancha yirik globulalar shaklida bo‘lib, unish
davrida ularning hajmi ancha kichiklashadi. Agar namlik yetarli bo‘lsa, urug'dagi lipazalar
ta'sirida osonlik bilan yog' kislotalari va glitseringa aylanadi. Bu mahsulotlar don tarkibida ko‘p
to‘planmay aksaryat hollarda uglevodlarga aylanadi.
Aytib o‘tilganidek oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanaga qabul qilingan yog' oshqozon
ichak yo'lida tegishli fermentlar ta'sirida (lipolitik fermentlar) yog' kislotalari va glitseringa
parchalanib, uning asosiy qismi ichak devorlaridan limfaga va kamroq qismi qonga o'tadi.
Nishonlangan izotoplar yordamida shu narsa aniqlanganki, ichaklardan so'rilgan yog'lar yog'
to'qimalaridan iborat yog' depolariga kirar ekan. Depolardagi yog' esa o'z o'rnida qonga o'tib,
keyinchalik to'qimalarga kiradi, oksidlanadi va o'zidan zarur energiya ajratadi. Odam va
hayvonlar tanasida yog' almashinuvida jigar muhim rol o'ynaydi. Turli a'zolardagi hamda turli
hayvonlardagi yog'lar bir-biridan o'zlarining tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari bilan
farq qiladi (erish harorati, konsistensiyasi, sovunlanishi va b).
Yog'ning turga nisbatan spetsifikligi mavjud bo‘lib, u har bir tur hayvon yog'ining o'ziga
xos belgilari bilan ifodalanadi. Masalan, qo'y yog'i, cho'chqa yog'i, parranda yog'i yoki boshqa
hayvonlarning yog'lari erish harorati, tarkibi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi va bunday
holat doimiyligicha qoladi. Shu bilan bir qatorda tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, agar hayvon bir
turdagi yog'ni doimiy holda uzoq vaqt iste'mol qilib borsa, tanada to'plangan yog' ham shunga
yarasha kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. A.Lebedov o‘z tajribalarida
aytib o‘tilgan fikrning to‘g'riligini e'tirof etgan. U 2 ta it olib, ularni tanasidagi zaxira yog'
butunlay yoq bo'lib ketmagunicha hayvonlarga ovqat berilmagan. Shundan keyin itlarning biriga
zig'ir yog'i, ikkinchisiga qo‘y yog'i berib boqilgan. Uch haftadan keyin itlar vazni o'z holatiga
qaytib kelganidan keyin ular so‘yilib tanasidagi yog' ajratib olingan va fizikaviy tahlil qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha birinchi it yog'i suyuq bo‘lib 0
0
C da to‘nglanmagan (qotmagan) va zig'ir
yog'iga o‘xshagan bo‘lgan. Ikkinchi itdagi yog' esa qattiq bo'lib, uni 50
0
C da isitgandagina erigan
va bu yog' qo‘y yog'iga o‘xshash bo‘lgan. Shuningdek odam terisi ostida to‘plangan yog' ham
uning qanday yog' iste'mol qilishiga bog'liq bo'lar ekan. Qo‘y yog'ini doim iste'mol qilib yurgan
odamlarning terisi ostidagi yog' qo'y yog'iga, kokos yog'i iste'mol qilganlarniki kokos yog'iga va
tyulen yog'ini iste'mol qilganlarniki shu yog' xususiyatlarini qabul qilar ekan. Har bir organizm
uchun spetsifik bo‘lgan yog' ichak epiteliysida, jigarda va boshqa ichki a'zolarda to'planar ekan.
Ayrim to‘yinmagan yog' kislotalari masalan linol, linolen va araxidon kislotalari odam va
ayrim hayvonlarning tanasida hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni almashtirib bo‘lmaydigan
yog' kilotalari shaklida guruhlanadi. Ular hayot uchun juda zarur, shuning uchun tashqaridan
doimiy ravishda qabul qilinib turishi kerak. Agar odam uzoq vaqtlar davomida yog' iste'mol
qilmasa yog'da eriydigan vitaminlar avitaminoziga uchraydi. Buning mohiyati shundaki, A, D, E,
K vitaminlar ya'ni yog'da eruvchi vitaminlar asosan yog' bilan kiradi. (A vitamin bundan
mustasno). Bunday paytlarda yog'li ovqatlar iste'mol qilinsa yuzaga kelgan yetishmovchilik
bartaraf qilinadi.
Odatda yog'li ovqatlarning aksariyat qismi o‘z tarkibida ancha-muncha lipoidlar, ya'ni
fosfotidlar va sterinlarga ham ega bo'ladi. Odam va hayvonlar organizmi uchun bu moddalarning
ahamiyati juda katta. Ular hujayra tarkibiga kirib, uning membranasida, yadrosida va
sitoplazmalarida mavjud bo'ladi. To'qimalardan, ayniqsa nerv to‘qimasi fosfotidlarga juda boy.
Fosfotidlarning sintezlanishi ichak devorida va jigarda qayd qilingan fosfotidlarning tipik vakili
bo‘lib, letsitin jigarda mo'l bo‘ladi, ayniqsa yog'li ovqatlar ko'p iste'mol qilinganida uning
jigardagi miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi. Sterinlarning ichida xolesterin odam va hayvonlar
organizmida muhim ahamiyatga ega u allbatta har bir hujayraning membranasi tarkibida uchrab,
bir vaqtning o‘zida o‘t kislotalari hosil bo'lishida qatnashadi. Yana u buyrak usti bezining
po'stloq qismidan ajraladigan gormonlar hosil bo‘lishida hamda jinsiy bezlar faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Xolesterin
ilk bor o‘t toshidan ajratib olingan, u tuzlar, kislotalar, aminlar,
oqsillar va neytral birikmalar bilan qo‘shilib komplekslar hosil qiladi. Vitamin D ham
xolesterindan hosil bo‘ladi. Tanada xolestirin almashinuvi buzilsa yoki u tegishli miqdordan
ko‘p qabul qilinsa hayot uchun xavfli xastaliklar yuzaga keladi. Bunga misol qilib yomon sifatli
xolesterinlarning qon tomirlari devorlariga yopishib qolib, me'yoriy qon oqishining buzilishini,
ya'ni ateroskleroz kasalligini misol qilib olish mumkin. Shuni aytib o‘tish joizki, tanadagi
ortiqcha xolesterin jigar orqali tashqariga chiqariladi. O‘t tarkibida har vaqt xolesterin uchrab
turadi. Odam qonida xolesterin miqdori o'rtacha 150-200 mg % ga teng bo‘ladi. Oziq-ovqat
mahsulotlari ichida xolestiringa boy bo'lganlari hayvon miyasi, tuxum tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Xolesteringa boy ovqatlarni ko‘plab iste'mol qilish, ayniqsa keksa odamlarda yog'dagi
xolesterinning miqdorini oshirib yuborib, ba'zan o‘t yo'llarining bekilib qolishiga, jigarda yog'li
infiltrat hosil bo‘lishiga, o‘t toshlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu narsani ham aytib
o‘tish joizki, yog'li ovqatlar ko‘p iste'mol qilinganida limfa suyuqligida ancha-muncha
uchraydigan diametri 1 mikron bo‘lgan yog' zarrachalari ko‘payib ketadi. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |