Standartlashtirish va sifat nazorati o


-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana14.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#363561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati

3-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash 

tizimi 

 

3.1. "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi 



qonunning mazmuni 

 

O`zbekiston 



Respublikasining 

"Mahsulotlar 

va 

xizmatlarni 



sertifikatlashtirish to`grisida"gi qonuni 1993 yilning 28 dekabridan kuchga 

kiritilgan.  Mazkur  qonun  O`zbekiston  Respublikasining  mahsulotlar, 

xizmatlar va boshqa ob’yektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy 

va  tashkiliy  asoslarini,  shuningdek  sertifikatlashtirish  ishtirokchilarining 

huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 

Bu qonun 4 bob, 23 moddadan iborat. 

1-bob. Umumiy qoidalar. 

2-bob. Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar. 

3- bob. Mahsulotlarni majburiy va iqtisodiy sertifikatlashtirish. 

4- bob. Nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonun 

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. 

Mazkur qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda: 

"sertifikatlashtirish  milliy  tizimi"  –  davlat  miqyosida  amal  qiladigan, 

sertifikatlashtirish    o`tkazishda  o`z  tartib  va  boshqaruv  qoidalariga  ega 

bo`lgan tizim; 

"Mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  –  mahsulotlarning  belgilangan 

talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; 

"Muvofiqlik  sertifikati"  –  sertifikatlangan  mahsulotning  belgilangan 

talablarga  muvofiqligini  tasdiqlash  uchun  sertifikatlashtirish  tizimi 

qoidalariga binoan berilgan hujjat; 

"Muvofiqlik  belgisi"  –  muayyan  mahsulot  yoxud  xizmat  aniq 

standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko`rsatish uchun 

mahsulotga  yoxud  ko`rsatilgan  xizmatga  doir  hujjatga  qo`yiladigan, 

belgilangan tartibda ro`yxatga olingan belgi; 

"bir  turdagi  mahsulotlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  sertifikatlashtirish 

tizimi"  –  ayni  bir  xil  standartlar  va  qoidalar  qo`llaniladigan  muayyan 

mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi; 

"Sinov 


laboratoriyasini 

akkreditatsiya 

qilish" 

– 

sinov 



laboratoriyasining  (markazining)  muayyan  mahsulot  sinovini  yoki 

muayyan  sinov  turini  amalga  oshirishga  doir  va  holatlarining  rasmiy 

e'tirofi. 

"Sifat  bo`yicha  ekspert-auditor"  –  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va 



 

31 


tekshirish  sohasidagi  ishlarni  olib  borish  uchun  tegishli  malakasi  bo`lgan 

mutaxassis; 

"Sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi" – belgilangan tartibda 

akkreditatsiya  qilingan,  sertifikatlangan  mahsulot  va  sifatni  boshqarish 

tizimini  baholashni  sertifikatlashtirish  organlari  topshirig`iga  binoan 

amalga oshiruvchi organ; 

"Nazorat yo`sinidagi tekshiruv" – belgilangan talablarga muvofiqligini 

sertifikatlashtirish  va  akkreditatsiya  qilish  chog`ida  tasdiqlash  maqsadida 

sertifikatlangan  mahsulot,  sifatni  boshqarish  tizimini  yoki  ishlab 

chiqarishni, 

sertifikatlashtirish 

organlari, 

sinov 

laboratoriyalari 



(markazlari) faoliyatini takroriy baholash tamoyili. 

Sertifikatlashtirish: 

-odamlarning  hayoti,  sog`ligi,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-

mulki  hamda  atrof  muhit  uchun  xavfli  bo`lgan  mahsulotlar  realizatsiya 

qilinishini nazorat etib borish; 

-mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash; 

-mamlakat  korxonalari,  qo`shma  korxonalar  va  tadbirkorlar  xalqaro 

miqyosdagi  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  hamkorlikda  va  xalqaro  savdo-

sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;  

-iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan 

himoya qilish; 

-mahsulot  tayyorlovchisi  (sotuvchisi,  ijrochisi)  ta'kidlagan  sifat 

ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 

Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo`ladi. 

Mahsulotning  belgilangan  talablarga  muvofiqligi  tasdiqlangani 

taqdirda 

sertifikatlashtirish 

organi 


muvofiqlik 

sertifikati 

beradi, 

tayyorlovchi  ana  shu  sertifikat  asosida  muvofiqlik  belgisini  ishlatish 

huquqiga ega bo`ladi. 

Sertifikatlashtirilishi 

shart 

bo`lgan 


mahsulotlarning 

ro`yxatini 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 

Majburiy  sertifikatlashtirish  ishlab  chiqarishni  tekshirishni,  mahsulot 

xususiyati  normativ  hujjatlar  talablariga  muvofiqligini aniqlash uchun uni 

sinashni,  nazorat  yo`sinidagi  tekshiruvni  va  sertifikatlangan  mahsulot 

ustidan nazoratni o`z ichiga oladi. 

Sinovlar  akkreditatsiya  qilingan  sinov  laboratoriyalari  (markazlari) 

tomonidan  tegishli  normativ  hujjatlarda  belgilangan  usullarda,  bunday 

hujjatlar bo`lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab 

chiqqan usullarda amalga oshiriladi. 

Arizachi  o`z  mahsulotini majburiy  sertifikatlashtirishdan    o`tkazishga 

sarflagan mablag`lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo`shiladi. 



 

32 


Majburiy  sertifikatlashtirilishi  lozim  bo`lgan,  ammo  muvofiqlik 

sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib  qilish man etiladi. 

Majburiy  sertifikatlashtirilishi  lozim  bo`lgan  mahsulotlar  quyidagi 

hollarda: 

-sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo`lsa; 

-sertifikatlashtirish 

talablariga 

muvofiq 


emasligi 

sababli 


sertifikatlashtirishdan o`tmagan bo`lsa; 

-agar  sertifikatning  amal  qilish  muddati  tugagan  yoki  uning  amal 

qilishi  to`xtatib  qo`yilgan  (bekor  qilingan)  bo`lsa,  O`zbekiston 

Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas. 

Chetdan 

olib 


kelinayotgan 

mahsulotning 

xavfsiz 

ekanligini 

tasdiqlovchi  hujjati  bo`lmagan  taqdirda  bojxona  nazorati  organlari  bu 

xususda  "O`zstandart"  agentligini  xabardor  etadilar  hamda  mahsulotni 

sertifikatlashtirishdan    o`tkazish  yoki  chet  el  sertifikatini  e'tirof  etish 

to`g`risidagi  masala  sertifikatlashtirish  milliy  tizimi  qoidalariga  muvofiq 

hal  etilgunga  qadar  bu  mahsulotni  chetdan  olib  kirishni  ta’qiqlab 

qo`yadilar. 

Sertifikatlashtirish organi: 

-muvofiqlik  sertifikatini  asossiz  va  qonunga  xilof  tarzda  berganlik 

uchun; 

-arizachiga nisbatan qonunga xilof hatti-harakatlar qilganlik uchun; 

-arizachining  tijorat  siri  hisoblangan  ma'lumotlarni  oshkor  etganlik 

uchun javobgar bo`ladi. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish