DAROMAD VA XARAJAT SMETASI
Moliyaviy reja ishlari sport inshootlar faoliyatining eng asosiy
qismi bo‘ladi. Rejalashtirilayotgan moliyaviy operatsiyalarda
asosiy hujjat sport inshootlarining daromad va xarajat smetasi hi-
soblanadi. Bu hujjatni tuzish sport inshootlari faoliyatini hamma
qirrasini qamrab olishni talab qiladi. Daromad va xarajat smetasi
bir yilga kvartalga bo‘lingan holda tuziladi. Daromad smetasi ning
birinchi qismi sport inshootlari bo‘yicha o‘tkaziladigan har xil mu-
sobaqalar daromad moddasini o‘z zimmasiga oladi. Bu smetaga
sport musobaqalarni, bayramlarni va boshqa tadbirlar (konsertlar,
estrada va sirk tomoshalari, kinofi lmlar ko‘rgazmasi va sportchi-
larning ko‘rgazmali chiqishlari) kirish-to‘lov yechimlari kiradi.
Ko‘pchilik sport inshootlar uchun jismoniy jamoalarga, klublarga,
oliy o‘quv yurtlariga va boshqa tashkilotlarga mujassam bo‘lgan
sport inshootlarni ijaraga topshirish asosiy daromad moddasi deb
yuritiladi. Undan tashqari, daromad smetasiga umumjismoniy tar-
biya bo‘yicha to‘lov guruhlari sport turlari bo‘yicha pul to‘laydigan
sport guruhlar, suzish bo‘yicha o‘rgatuv guruhlari, inventar va
uskunalarni ijaraga berish, ulardan olingan kiruv to‘lovlar kiradi.
Xarajatning asosiy moddasiga sport inshootlarni ta’mirlash, suv
qiymati, isitish, elektroenergiya va transport xarajatlari kiradi.
131
Inshoot ma’muriyati ishlab chiqaruvchi xodim va shtatda
bo‘lmagan ishchilar maoshi reja xarajatini keyingi moddasiga
kiradi. Maosh fondini va ishchilar sonini yuqori turgan moliya
tashkilotlari tasdiqlaydi. Sport inshootlarining shtati, ularning
tasnifi va boshqa tashkilotlarni bu inshootlarni ta’minlashiga
bog‘liq. Оylik va yillik maoshlar bo‘yicha sport inshootlari ish-
chilar shtatlari bo‘yicha jadval tuziladi. Bu jadval sport inshoot-
lari ishga tushish vaqtiga qarab rahbar tomonidan tuzilib, yuqori
turuvchi moliya tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Hamma davlat
budjetiga qarashli sport inshootlari uchun yana bin muhim o‘rinni
«Amortizatsiya ajratmalar moddasi» egallaydi. Bu degani, sport
inshootlari har yili davlat bankiga amortizatsiya ajratmalarini
o‘tkazadi. Ajratmalar yig‘indisi inshootlarning qiymati va ish
muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. Har bir sport inshooti normal ishla-
tilganda, vaqtida joriy va kapital ta’mir qilinganda uzoq muddatda
faoliyat yurgizadi. Davlat organlarida tasdiqlangan vaqt muddati
(ekspluatatsiya muddati) amortizatsiya normasi deb yuritiladi. Bu
mablag‘larning yig‘indisi yillik va kvartal amortizatsiya ajratma-
larini davlat bankidagi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Amortizatsi-
ya fondi faqatgina inshootlarni asosiy fondlarini to‘la tiklashiga
(renovatsiyaga) yoki ularni kapital ta’miriga safl anishi mumkin.
Binobarin, tiklash yoki kapital ta’mir uchun alohida amortizatsiya
normalari tasdiqlanadi.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |