Sotsiologiya


Ijtimoiy aloqalar va munosabatlar



Download 172,55 Kb.
bet36/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

1. Ijtimoiy aloqalar va munosabatlar.

Shaxsning jamiyatdagi o’rin va mohiyati sotsiologiya fanining muhim va bahstalab sohalaridan biri bo’lib keldi. Inson mohiyatini dastlab o’rgangan olimlar Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. Miloddan avvalgi 298-238 yillarda yashagan olim Sen-Tszi shunday deb yozgan edi: “Tug’ma xususiyatlar – bu samoviy munosabatlar hosili bo’lib, ularga ta’lim yoki ularni odamning o’zi yaratishi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka va mas’uliyatlikka o’rgatish lozim”.11

Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasidagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatidan xalos bo’la olmaydi. Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi… Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-birlariga etkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarning faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.12

Shu bilan birga inson fikrlovchi mavjudotdir. U ko’rgan va eshitganlarini yodda saqlaydi, o’z fikrlari, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, ma’lumot va axborotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, ularni transformatsiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim va tajribalarni takomillashtiradi, o’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi. Insondagi bu xususiyatlarni Ibn Sino shunday talqin etadi: “Inson umumiy qarashlarga nuqtai nazar bildirish va alohida narsalar to’g’risida fikrlash qobiliyatiga egadir: u foydali yoki zararli ishni qilish va qilmaslik, go’zallik va xunuklikni farqlash, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatlariga ega. Ular qiyoslash va tafakkurlash vositasida shakllanadi… Shunday qilib, inson ruhining birinchi kuchi aqliy mushohadaga taalluqli bo’lib, u aqliy tafakkur, deb ataladi. Ikkinchi kuch esa tajribaga taalluqli bo’lib, u tajribaviy fikrlash, deb ataladi. Ular haqiqat yoki yolg’onni, shuningdek, xususiy narsalarga nisbatan yaxshi va yomonni aniqlash uchun xizmat qiladi.12

Hozirgi davr sotsiologiyasi “inson” deganda Erda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiyns) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman, inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta’biri bilan aytganda, “insonning o’zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o’z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o’ziga tegishli tana va ruhini takomillashtirish vositasida, mohiyatan o’zini o’zi anglashi sababli ham u o’zini erkin tutadi, u o’ziga o’zi egalik qilishga kirishadi va ham o’ziga, ham boshqalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda o’ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o’zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni voqelik deb bilish shuni ko’rsatadiki, inson o’z tushunchasiga binoan (iknoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o’zini o’ziniki deb bilishi, o’zini xuddi predmetdek hisoblashi – oddiy o’zini o’zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga erishadi”.14

Ijtimoiy aloqa va munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi masalasini o’rganishni taqozo etadi.

Ijtimoiy muhit ta’sirida shaxs shakllanib borar ekan, shu jarayonni tavsiflash uchun “ijtimoiylashuv” tushunchasi ishlatiladi. Dastlab bu tushuncha fanda XIX asrning oxirida paydo bo’ldi. “Ijtimoiylashuv” deganda shaxsning o’z hayoti mobaynida o’zi mansub bo’lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o’zlashtirish jarayoni tushuniladi. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi “shaxsni tarbiyalash”, “shaxsni shakllantirish” tushunchalari bilan bog’liq, biroq u kengroq bo’lib, insonga qaratilgan barcha ta’sirlarni qamrab oladi.

Ijtimoiylashuv jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilish 2 – ruhiy va mantiqiy aspektga ega. Har qanday ijtimoiy o’zaro ta’sirni shu 2 nuqtai nazardan o’rganish mumkin bo’lgani uchun, tahlil qilishni ijtimoiy o’zaro munosabatlarning eng umumiy va fundamental shakllaridan boshlab, undan maxsus – iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o’zaro ta’sirning boshqa shakllariga o’tish maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy o’zaro ta’sirni sotsiologik nuqtai nazardan tadqiq etishning 2 asosiy darajasi mavjud: mikrodaraja va makrodaraja. Kishilarning bir-biri bilan o’zaro ta’siri, kichik guruhlararo o’zaro aloqalar va interaktsiya mikrodarajada o’rganiladi.

Ijtimoiy aloqalarning makrodarajasi o’z ichiga yirik ijtimoiy strukturalarni, jamiyatning asosiy institutlari din, oila, iqtisodiyotni oladi.

Odamlarning bir-biri bilan bog’liq bo’lishi natijasida ijtimoiy hayot vujudga keladi.


Download 172,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish