@ t.me/ Anatomiya_fani_Alleyova_G_X_guruhi.
To’rt boshli mushak (m. guadriceps temoris) ega eng katta mushak bo’lib, u tizza bo’g’imida
boldirni yozadi, chanoq son bo’g’imida sonni bukadi.
Orqa guruh mushaklariga sonning ikki boshli, yarim pay va yarim parda mushaklari
(m.biceps temoris, semitendenosus, semimembranosus) kirib, ular boldirni tizza bo’g’imida
bukadi.
Oldingi va orqa guruh mushaklari lateral tomondan lateral mushaklararo to’siq bilan ajrab
tursa, medial tomonda ular o’rtasida medial guruh mushaklari joylashadi.
Sonning oldingi guruh mushaklari
1. Tikuvchilar mushagi yonbosh suyagining oldingi ustki o'simtasidan boshlanadi. Bu
mushak odamning eng uzun mushagi hisoblanib, sonning oldingi yuzasida yuqoridan pastga
va medial tomonga yo'naladi va katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi. Birikkan joyda
tikuvchilar mushagi payi nozik va yarimpay mushaklar payi bilan chatishib yuza g'oz panjasi
deb ataluvchi uchburchak shakldagi pay qatlamini hosil qiladi. Faoliyati: sonni va boldimi
bukadi, sonni tashqariga burish va uzoqlashtirishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n.
femoralis.
2. Sonning to'rt boshli mushagi (m. quadriseps femoris) odamdagi eng katta mushak
bo'lib, to'rtta boshchasi bor. Uning har bir boshchasi alohida-alohida boshlanib, son
suyagini har tomondan o'rab turadi. Sonning distal uchdan birida mushakning to'rtta
boshchasi umumiy payni hosil qilib, katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi.
a) Sonning to'g'ri mushagi (m.rectus femoris) yonbosh suyagining oldingi pastki
o'simtasi va sirka kosachasining ustki sohasidan boshlanadi. U pastga tomon chanoq-son
bo'g'imining oldidan o'tadi. Uning payi tizza qopqog'i asosiga birikadi.
b) Lateral keng mushak (m. vastus lateralis) to'rtta boshning ichida eng kattasi. Ko'stlararo
chiziq, katta ko'stning pastki qismi, dumba bo'rtig'i va lateral mushaklararo to'siqdan
boshlanadi. Sonning to'g'ri mushagi payiga, tizza qopqog'ining yuqori lateral qismiga va
katta boldir suyagi bo'rtig'igabirikadi. Mushak payining bir qismi tizza qopqog'ini ushlab
turuvchi lateral boylamga davom etadi.
d) Medial keng mushak (m. vastus medialis) ko'stlararo chiziqning pastki yarmi, son
suyagi g‘adir
-
budir chizig‘ining medial labi va media
l mushaklararo to'siqdan boshlanadi.
Tizza qopqog'i asosining yuqori chekkasiga va katta boldir suyagi medial bo'rtig'i oldingi
yuzasiga birikadi. Bu mushak payi tizza qopqog'ini ushlab turuvchi medial boylamni hosil
qilishda ishtirok etadi.
e) Oraliqdagi keng mushak (m. vastus intennedius) son suyagining oldingi va lateral
yuzasini yuqori uchdan ikki qismi, son suyagi g'adir- budir chizig'i lateral labining pastki
qismi va lateral mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Tizza qopqog'i asosiga birikib, sonning
to'g'ri, lateral va medial keng mushaklari payi bilan sonning to'rt boshli mushagining
umumiy payini hosil qiladi. Faoliyati: tizza bo'g'imida boldimi yozadi. Sonning to'g'ri
mushagi chanoq-son bo'g'imida sonni bukadi. Innervatsiyasi: n.femoralis.
Do'stlaringiz bilan baham: |