Umumdavlat
soliqlari
asosan
respublika
byudjeti
daromadlarini
shakllantirishga qaratilgan bo‗lsa, mahalliy soliqlar va yig‗imlar mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Soliq munosabatlari mavjud bo‗lishining asosiy shartlaridan biri davlatning
mavjudligi bo‗lsa, ikkinchi sharti bo‗lib soliqlarni to‗lashga qobil bo‗lgan soliq
to‗lovchilarning mavjudligidir. O‗zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq kodeksining 16-moddasida yuridik va jismoniy shaxslarga quydagicha
tarif berilgan
YUridik shaxs deb quyidagilar e‘tirof etiladi:
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‗z
mulkida, xo‗jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega
bo‗lgan hamda o‗z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan,
mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‗lgan, o‗z nomidan mulkiy va shaxsiy
nomulkiy huquqlarga ega bo‗la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan,
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar bo‗la oladigan tashkilot;
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O‗zbekiston
Respublikasida fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‗lgan xorijiy va (yoki) xalqaro
tashkilot.
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek
fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e‘tirof etiladi.
33
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari
kiradi.Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal
qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda
korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‗chirib qo‗yiladi. Uni
undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba‘zi soliqlar naqd
pulga undirilganligi uchun uni to‗lash qiyin kechadi.
YUridik va jismoniy shaxslarga soliq solishning muhim shart-sharoitlariga
quyidagilar kiradi: 28-slayd-soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning
turlari, ularni byudjet darajalari o‗rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga
oshirish shakllari va uslublari, soliq to‗lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular
manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining
javobgarligi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning elementlari quyidagilardir:
-soliq solish ob‘ekti;
-soliq solinadigan baza;
-stavka;
-hisoblab chiqarish tartibi;
-soliq davri;
-soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
-to‗lash tartibi.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq
siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu
elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab
beradi.
YUridik shaxslar o‗zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va byudjetga o‗z
vaqtida, to‗liq to‗lash javobgarligini olganlar.Ularning to‗laydigan soliqlari asosan
naqd pulsiz, ya‘ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisob schyotlaridan
mablag‗ni ko‗chirib, respublika yoki mahalliy byudjet schyotlariga o‗tkazish yo‗li
bilan amalga oshiradi.Qoida bo‗yicha har qanday yuridik shaxs o‗z soliq va boshqa
majburiy to‗lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to‗liq o‗tkazishga majburdirlar.
Buning uchun ular soliq va boshqa to‗lovlarning muddati kelgan kungacha pullarni
34
o‗tkazish hujjatlari bo‗lmish to‗lov topshirig‗i, cheklarni yozib banklarga topshirgan
bo‗lishlari kerak.
Agar to‗lov topshiriqlari o‗z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‗lsa
soliq idoralari o‗zlarining inkasso-to‗lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir
o‗z vaqtida byudjetga o‗tkazilmagan kun uchun o‗tkazilishi kerak bo‗lgan soliq
summasi hisobidan penya hisoblanib soliqqa qo‗shimcha ravishda byudjetga
majburiy undiriladi. Albatta penya summasining ko‗payishi korxonaning moliyaviy
holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
SHuning uchun har qanday xo‗jalik sub‘ektlari hisobchilari soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni ularda belgilangan to‗lov muddatigacha o‗z vaqtida to‗lab
borishlari shart
Umuman olganda mamlakatimiz soliq qonunchiligidan kelib chiqib soliqqa
tortish
nuqtai-nazaridan
yuridik
shaxslarni
shartli
ravishda
quyidagicha
guruhlashimiz mumkin:
1.
umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar;
2.
mikrofirmalar va kichik korxonalar;
3.
qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
4.
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
5.
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‗ullanuvchi yuridik va jismoniy
shaxslar.
6.
er, mol-mulk solig‗ini to‗lovchi jismoniy shaxslar.
Umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‗laydi:
Daromad (foyda) solig‗i;
Qo‗shilgan qiymat solig‗i;
Aksiz solig‗i;
Mol-mulk solig‗i;
Er solig‗i;
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i.
YAgona soliq tizimiga o‗tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar quyidagi
soliqlarni to‗laydi:
YAgona soliq to‗lovi;
Aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‗i.
YUqorida qayd etilganlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz
soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‗lovchilar ikki katta guruhga, ya‘ni yuridik va
jismoniy shaxslar guruhiga bo‗linadi va ularning faoliyat ko‗rsatish xususiyatidan
35
kelib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Respublikamiz davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‗laydigan soliqlar katta ahamiyatga
egaligini yuqoridagi ma‘lumotlardan bevosita ko‗rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |