6
mol-mulk, yer va yakka tartibdagi soliq to„lovchi jismoniy shaxslar
to„g„risida (yashash manzili, soliq to„lov obyekti, davlat ro„yxatidan
o„tkazilganligi va hokazo) to„liq ma‟lumotlar bazasini yaratish;
mol-mulk va yer solig„i to„lovchi jismoniy shaxslarni to„liq hisobga
olishni, soliqlarni hisoblanishi va budjetga o„z vaqtida to„liq undirilishini
nazorat qilish;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig„idan, pensiya
badallaridan hisoblangan va to„langan to„lovlar haqidagi ma‟lumotlarga
ega bo„lish va
nazoratini olib borish;
uchastka soliq inspektorlarining ish samaradorligini oshirish, ro„yxatga
olish bilan bog„liq bo„lgan va o„z hududidagi mahalla fuqarolar
yig„inlari bo„yicha dasturiy mahsulda soliq to„lovchilarning ro„yxatini
olib, nazorat
ishlarini amalga oshirish;
DSI larda shakllantirilgan ma‟lumotlar bazasini mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bo„limlari, yer resurslari va davlat kadastri
bo„limlari, harbiy komissariyatlar, hokimiyatlar huzuridagi ro„yxatga
olish organlari, fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish bo„limlari
(FHDYo), notarial idoralaridagi mavjud ma‟lumotlar bilan doimiy bir xil
bo„lishiga erishishdan iborat.
Dasturiy majmuada ma‟lumotlar bazasidan jismoniy shaxslarga
taalluqli bo„lgan barcha axborotlarni olish mumkin. Ya‟ni:
davlat soliq inspeksiyalarida hisobga olingan soliq to„lovchilar, ularga
tegishli bo„lgan soliq obyektlari, hisoblangan soliqlar, to„langan
to„lovlar, boqimanda va ortiqcha to„lovlar to„g„risidagi ma‟lumotlar;
viloyat hududidagi soliq inspeksiyalari miqyosida hisobga olingan soliq
to„lovchi jismoniy shaxslar soni, hisoblangan soliq summalari,
undirilgan soliq summalari, boqimanda va ortiqcha to„lovlar to„g„risidagi
tahliliy ma‟lumotlar;
soliq to„lovchi jismoniy shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari, berilgan
imtiyoz turlari, imtiyoz berilgan soliq summasi to„g„risidagi
ma‟lumotlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari, ularga hisoblangan
soliq summalari, pensiya badallari, mavjud boqimandalari hamda
ortiqcha to„lovlari to„g„risida umumiy ma‟lumot;
import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, ular
to„g„risida batafsil ma‟lumotlar;
7
jismoniy shaxslarga egalik huquqi berilgan va tijorat maqsadida
foydalanilayotgan xususiy obyektlar hamda ularni soliqqa tortilishi
to„g„risidagi ma‟lumotlar;
soliq to„lovchi jismoniy shaxsning varaqasi (alohida har bir jismoniy
shaxsning pasport ma‟lumotlari, yashash manzili, egalik huquqi berilgan
mol-mulk obyektining inventar bahosi, yer maydoni, tadbirkorlik
faoliyatiga tegishliligi hamda soliq majburiyatlari to„g„risidagi
ma‟lumotlar) kabi ma‟lumotlarni olish mumkin.
Dasturiy majmua natijaviy ma‟lumotlari asosida mol-mulk, yer
solig„i to„lovchilar hamda yakka tadbirkorlar sonini o„tgan davrlarga
nisbatan o„zgarish dinamikasini, sabablarini hamda ularning budjetga
to„lagan to„lovlari hajmidan kelib chiqib, o„zgarishlarni tuman, (shahar)
DSI lar miqyosida nazorat qilish, imtiyozga ega bo„lgan jismoniy shaxslar
ro„yxatini doimiy ravishda tegishli idoralar bilan solishtirish hamda
berilgan imtiyozlarning turlari, imtiyoz berilgan obyektlarning qiymati
bo„yicha tegishli tartibda ko„rsatmalar berish imkoni tug„iladi.
Dasturiy majmua ma‟lumotlari asosida jismoniy shaxslarga egalik
huquqi berilgan va tijorat maqsadida foydalanilayotgan xususiy obyektlar
soni dinamikasi hamda ulardan undirilgan soliqlar hajmidan kelib chiqib,
o„zgarishlarni tahlil qilish, tadbirkorlik subyektlarini ro„yxatdan o„tkazish
inspeksiyalarida va DSI larda ro„yxatga olingan tadbirkorlarning faoliyat
turlari bo„yicha o„zgarish dinamikasini doimiy tahlil qilib borishga imkon
yaratiladi. Shuningdek, vakolatli idoralar bilan o„tkazilgan solishtirishlar
natijasida qo„shimcha soliq obyektiga egalik huquqini qo„lga kiritgan
jismoniy shaxslarni hisobga olinishi va soliqqa tortilish dinamikasini tahlil
qilish, o„tkazilgan tahlillar natijasida aniqlangan holatlar bo„yicha soliq
qonunchiligiga o„zgartirishlar kiritish va budjet parametrlarini belgilash
bo„yicha takliflar kiritish imkoni tug„iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: