1-misol:
for (int n = 1; n<= 10; n++) { . . . }
Bu misolda n o‘zgaruvchisi 1 dan 10 gacha qiymatlarning barchasini qabul qiladi, y’ani sikl tanasi 10 marotaba bajariladi.
2-misol: for (int i = 1, j = 100; i != j; i ++, j --) {. . .}
Bu operatorda inistializatsiya sektsiyasida ikkita o‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymatlar berilgan. Har bir takrorlanishda i ning qiymati bittaga oshadi, j ning qiymati esa bittaga kamayib boradi. Takrorlanish jarayoni ikkita o‘zgaruvchining qiymati o‘zaro teng bo‘lganda, ya‘ni 100/2 = 50 da to‘xtaydi.
3-misol: for (int k = 1; ; k++) { . . . }
Bu yerda sikldan chiqish shartinig o‘rnida “;” (nuqtali vergul) belgisidan iborat bo‘sh operator turibdi. Demak, takrorlanish jarayoni sikl tanasida boshqaruvni uzatuvchi operatorga duch kelmaguncha qaytariladi. O‘zgaruvchi k ning qiymati esa har bir takrorlanishda birga oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |