た [yordamchi fe’l] [so`zning oxirida ishlatilib, o`tgan zamonda bajarilgan ish-harakatni ifodalovchi fe’l]
1) [O`tgan zamondagi ish-harakatni, tajriba va xotirani ifodalaydi.] わたしはきのうサマルカンドへ行(い)きました。Men kecha Samarqandga bordim. 2) [Tugallanganlikni ifodalaydi.] やっと宿題(しゅくだい)が終(お)わった。Nihoyat uy vazifalari tugadi. 3) [Umid qilgan, taxmin qilgan narsa haqiqatda amalga oshganligini ko`rsatishda qo`llaniladi.] さいふはやっぱり引(ひ)き出(だ)しの中(なか)にありました。O`ylaganimday hamyonim tortmaning ichida ekan. あ、バスが来(き)た。A, avtobus keldi. 4) [Biror esdan chiqargan narsani eslaganda yoki aniq bo`lmagan narsani aniqlashtirganda qo`llaniladi. Ish-harakatni ifodalovchi fe’l qo`llanilgan hollarda fe’lning lug`aviy shakli+の(ん)でしたko`rinishida qo`llaniladi.] あしたは試験(しけん)がありましたね。Ertaga imtihon bor edi-a. 5) [Biror bir narsaning holati va tabiatini ifodalashda qo`llaniladi. Otni aniqlashda ishlatiladi. ~て いる, ~て ある bilan almashtiriladi.] 太(ふと)った人(ひと) semiz odam 砂糖(さとう)をいれたコーヒー shakarli qahva 眼鏡(めがね)をかけた人(ひと)はだれですか。Ko`zoynak taqqan kishi kim? 6) [Biror bir shart-sharoitni ifodalashda ishlatiladi. Odatda ~たら(ば) shaklida qo`llaniladi.] 暖(あたた)かくなったら、山(やま)に行(い)きましょう。Havo ochiq bo`lsa toqqa boramiz.
だ [yordamchi fe’l] [Munosabat, holat va sharoitlar haqida ma’lum xulosani ifodalashda ishlatiladi. ですning qo`pol shakli.]
1) [Ma’lum bir narsaning ma’lum bir kategoriyaga tegishli bo`lgan bog`liqliligini ifodalashda qo`llaniladi.] これは日本語(にほんご)の本(ほん)だ。Bu yapon tili kitobidir. 2) [Bir narsa ikkinchi narsaga teng ekanligini ko`rsatadi.] クラスで一番(いちばん)きれいな人(ひと)はマリアさんだ。Sinfda eng chiroyli kishi Mariadir. 3) [Biror bir narsa ma’lum bir joyda mavjud ekanligini ko`rasatadi.] デパートは駅(えき)の前(まえ)だ。Univermag bekatning oldida. 4) [Shaxs yoki predmet biror harakatni davom ettirayotgan vaqtni ifodalaydi.] 「おかあさんは?」「今(いま)、台所(だいどころ)だ。」"Onam?" "Hozir oshxonadalar." 5) [Biror bir shaxs yoki predmetning holati yoki sharoitini ifodalaydi.] きのうは一日中(いちにちじゅう)雪(ゆき)だった。Kecha kun bo`yi qor yoqqan edi.
-たい [yordamchi fe’l] -moqchi [Ma’lum bir ish-harakat va vaziyatning amalga oshishiga umid qilishni anglatadi. Odatda gapiruvchining umidlarini bildiradi. Lekin savol berish, suhbatdoshining xohishini chamalash, suhbatdoshida ma’lum bir umid borligini anglagan hollarda gapiruvchidan boshqa shaxslarga ham qo`llaniladi.]
わたしは来年(らいねん)日本へ行(い)きたい。Men keyingi yil Yaponiyaga bormoqchiman.
だ|い 台
I. [ot] tirgak
II. [suffiks] [zavodda ishlab chiqariladigan texnik, kattaroq bo`lgan mahsulot (mashina, televizor, radio va hokazo)larda ishlatiladigan sanoq qo`shimchasi] 家(いえ)に車(くるま)が2台あります。Uyimda 2 ta mashina bor