Foydalanilgan adabiyotlar:
Day, R., & Underwood, A. (1986). Miqdoriy analitik kimyo. Gaz-suyuqlik xromatografiyasi. (Beshinchi nashr). PEARSON Prentice Hall.
Keri F. (2008). Organik kimyo. (Oltinchi nashr). Mc Graw Hill, p577-578.
Skoog D. A. va West D. M. (1986). Instrumental tahlil. (Ikkinchi nashr). Interamerikalik.
Vikipediya. (2018). Gaz xromatografiyasi. Qayta tiklandi: en.wikipedia.org
Thet K. & Woo N. (30.06.2018). Gaz xromatografiyasi. Kimyo LibreMatnlari. Qayta tiklangan: chem.libretexts.org
Sheffild Hallam universiteti. (s.f.). Gaz xromatografiyasi. Qayta tiklandi: teaching.shu.ac.uk
7. Mavzu Gaz – suyuqlik xromatografiyasi
Reja:
Gaz – suyuqlik xromatografiyaasining asosiy xarakteristikasi.
Qо‘llaniladigan klassik va zamonaviy qurilmalar.
Xromatografik analizda qо‘llaniladigan kalonkalar va detektorlar.
Analiz natijalarini hisoblash va tahlil qilish.
Ma’lumki xromatografiyaa aralashmalarni ajratishning dinamik, sorbsion usuli bo'lib, u moddalarni ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (fazalardan biri harakatchan bo'lib, ikkinchisi qo'zg'almas) va sorbsiya hamda desorbsiya jarayonlarining ko'p marta takrorlanishi bilan bog'liq.
Xromatografiyaada ishlatiladigan kolonka va detektorlar
Xromatografiyaa kolonkasiga tuzilishi jihatidan ham, ishlatilishi bo'yicha ham bir qator talablar qo'yiladi. Birinchi talabga kolonka-ning uzunligi, ichki diametri, shakli, qanday materialdan tayyorlangani misol bo'ladi. Ikkinchi talabga ichiga adsorbentning joylashtirilish zicliligi, yuvib o'tadigan suyuqlikning harakatlanish tezligi, bosim gradiyenti, harorat, namunaning hajmi kiradi.
Kolonkaga khitiluvchi namunaning hajmi adsorbentning joylashish zichligiga va donachalarining o'lchamiga bog'liq. Donachalar o'l-chamining kichrayishi va joylashtirish zichligi ortishi bilan namuna hajmi ortadi va odatda 1 dan 10 sm/s ni tashkil qiladi. Namuna kolonkaga dozator yordamida kiritiladi. Dozator namunani aniq miqdorda o'lchab olib, xromatografik kolonkaga kiritish uchun ishlatiladigan asbob. Dozatorga qo'yiladigan asosiy talablardan biri kiriti-ladigan namunalar o'lchamini va ularni kolonkaga kiritish sharoitlarini bir xilda saqlashdan iborat. Bundan tashqari, kolonkaga namuna kiritish kolonkaning xromatografik qurilma boshqa qismlarining ishlash sharoitini keskin o'zgartirmasligi, dozatorning ichki yuzasi esa nanm-naga nisbatan adsorbsion va katalitik faol bo'lmasligi kerak.
Gazsimon va suyuq namunalar xromatografik kolonkaga maxsus shprislar vositasida, kiritish joyida kauchuk membranani (pardani) teshish yo'li bilan kiritiladi. Bunda gazsimon namunalarga gaz shpris-lari, suyuq namunalar uchun mikroshprislar ishlatiladi. Mikroshprislar xromatografga mikrolitrning ulushlaridan tortib, to o'nlab mikrolitrlar hajmida namuna kiritishga imkon beradi. Ba'zan laboratoriya ama-liyotida dozator sifatida tibbiyot shprislaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |