Щзбекистон республикаси олий



Download 1,9 Mb.
bet41/90
Sana29.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#129852
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Bog'liq
Ener.qur. (Lotincha) ma'ruza

Qattiq Yoqilg’i. Yoqilg’i massa yonuvchi qismining tarkibi o’zgarmas kattalik bo’lib, uning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Turli xil Yoqilg’ilarda yonuvchi masa miqdori har xil bo’ladi. SHuning uchun ham ularning Issiqlik berish xususiyati turlichadir.

YOnuvchi massa tarkibiga kirgan kimyoviy elementlar reaksiyaga kirishda (Yonishda) ajralib chiqadigan Issiqlik miqdori hamma element uchun bir xil emas. 1kg uglerod to’la yonganda SO2 hosil bo’ladi va 32,8 MJ Issiqlik miqdori ajraladi. 1kg vodorod yonganda 12,56.104 kJ Issiqlik ajraladi va x.k.

Yonish jarayonining to’laligini ta’minlash yonish kamerasiga uzatiladigan atmosfera havosining miqdoriga bog’liq. Havoning ko’p yoki kamligiga qarab kimyoviy reaksiya vaqtida turli – tuman zaharli va zaharsiz kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi. Masalan, havo etarli bo’lmaganda uglerod kislorod bilan to’la reaksiyaga kirisha olmaganligidan zaharli uglerod oksidi SO hosil bo’ladi. Yoqilg’idagi oltingugurtning reaksiyaga kirishdan esa sulьfid angidiridi SO2 hosil bo’ladi. U Yoqilg’i tarkibidagi namlikdan vujudga kelgan suv bug’i bilan birikib sulьfat kislotasi H2SO3 ga aylanadi.

Suyuq yoqilg’i asosan neftni 300 – 3700 S qizdirishdan hosil bo’lgan bug’ni har xil fraksiyalarga ajratish va ularni kondesatsiyalash (suyuqlantirish) yo’li bilan olinadi: suyuqlantirilgan gaz 1%, benzin 15% atrofida (suyuqlantirish temperaturasi tcq30–1800C), kerosin 17% atrofida (tcq120 – 3150C), solyar moyi 18% atrofida (tc q180–3500C) va mazut 45% (qaynash temperaturasi (tk q 330–3500S) hamda qoldiq massa 4% atofida bo’ladi.

Mazutni yuqori bosim ostida yuqori temperaturagacha qizdirish yo’li bilan undagi og’ir molekulalarning parchalanishi natijasida engil suyuq mahsulotlar olinadi. Mazut 84 – 86% gacha uglerod (yoqishga yaroqli) va 10 – 12% vodoroddan tashkil topgan bo’lib, u motor Yoqilg’isi yoki qozon qurilmasi Yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.

Koks va domna gazlarini metallurgiya sanoati korxonalari beradi va ularning tarkibida zaharli SO gazi 5 – 10% ni tashkil etadi. SHuning uchun ular asosan zavod ehtiyojlarida ko’proq ishlatiladi.

Yoqilg’i to’la yonganda ajralib chiqadigan Issiqlik miqdori turlicha bo’lganda, ularni bir – biridan farqlash maqsadida, Yoqilg’ining Yonish issiqligi tushunchasi kiritilgan. Ish Yoqilg’isining birlik masasi to’la yonganda ajralgan Issiqlik miqdori Yonish issiqligi deyiladi. Yonish issiqligining o’lchovi kJ/kg yoki KJ/m3. Yoqilg’ini Yonishda ajraladigan Issiqlik miqdori yuqori (qiyu) va quyi (qnk) bo’ladi.

Ish yoqilg’isining birlik massasi to’liq yonganda, uning tarkibidagi namlikning bug’lanishiga sarf bo’lgan Issiqlik miqdori hisobga olinmaydigan yonish jarayonida, ajralib chiqqan Issiqlik miqdori yuqori (qiyu) Issiqlik ajralishi deyiladi. Yoqilg’ining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaksiyaga kirishi jarayonida hosil bo’lgan namlik hisobga olingan holatda ajralgan Issiqlik miqdori quyi Issiqlik ajralish deyiladi. SHuning uchun bu isrof e’tiborga olinganda hisoblar to’g’ri bo’ladi. Masalan, 1 kg vodorod kislorod bilan reaksiyaga kirishish jarayonida 9 kg suvini bug’latish uchun 24*102 kJ Issiqlik miqdori sarflash kerak,1 kg bug’ suyuqlikka aylanish jarayonida atrofga 2,5 MJ (tq200S) Issiqlik chiqaradi.

Demak qtyu bilan qiyu orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:

qiyu q qik Q 25 (9Ni QWn). (11.4)


qattiq Yoqilg’ilarning Yonish issiqligi 10-28 MJ/kg oraligida bo’lib, uning tarkibidagi namlik va kul miqdorining, ya’ni ballast qismining ortishi bilan qii.a (ish Yoqilg’isining Issiqlik ajratishi) kamayib boradi. Suyuq Yoqilg’ilarda qii.aq39 MJ/kg gacha bo’lsa, gazlarda uning qiymati 4-88,5 MJ/m3 ni tashkil etadi.

qattiq va suyuq Yoqilg’ilarning Issiqlik ajratishini D.I.Mendeleevning emperik formulasi asosida etarli aniqlikda J/kg o’lchovida nazariy hisoblab topiladi:



(11.5)

Gaz Yoqilg’isi uchun (oxirgi) tenglama J/m3 o’lchovida quyidagicha yoziladi:

Yoqilg’ining Issiqlik ajratish (Yonish issiqligi) (11.4), (11.5), formulalar bilan hisoblanganda kolorometrik usuliga nisbatan uncha katta xatolikka yo’l qo’yilmaydi. Turli – tuman Yoqilg’ilarning ajratgan issiqligi bir xil emas.

SHartli Yoqilg’i sifatida Issiqlik ajratishi qik q 29,35 MJ/kg (7.103 kkal/kg) ga teng bo’lgan Yoqilg’i qabul qilingan. SHartli Yoqilg’i asosida boshqa Yoqilg’ilarda iqtisodiy jihatdan foydalanish maqsadga muvofiqligi va ular sarfi aniqlanadi.





Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish