«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/373
Sana06.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#323486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   373
Bog'liq
avtomobilsozlik texnologiyasi

yakka tartibli ishlab
chiqarish
hisoblanadi.
Guruhli ishlab 
chiqarish ma’lum vaqtda takrorlanib turadigan guruh
(seriya, partiya)lar hajmida tayyorlanadigan mahsulot yoki ta’mirlanadigan
buyumlar ro‘yxatining cheklanganligi va nisbatan katta miqdorga ega bo‘lishi
bilan tavsif 
lanadi. Kichik, o‘rta va katta guruhli ishlab chiqarish bo‘lishi
mumkin. Sexlar va texnologik jarayonlarning tarkibiga qaraganda kam guruhli
ishlab chiqarish yakka tartibli ishlab chiqarishga, yirik guruhli esa yalpi ishlab
chiqarishga yaqin turadi.
Yalpi ishlab chiqarish uzoq muddat, uzluksiz va katta miqdorda, lekin tor
ro‘yxatda buyum ishlab chiqarish yoki ta’mir etish bilan tavsiflanadi. Misol
tariqasida avtomobillar, traktorlar, sovitgichlar, podshipniklar, qishloq xo‘jaligi
mashinalari, tikuv mashinalari va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Yalpi ishlab chiqarishning asosiy vazifalaridan biri — mahsulotning bar-
qarorligi bo‘lib, ayni shu sababga ko‘ra texnologik jarayonlarni takomil-
lashtirish uchun kapital mablag‘larni sarflash maqsadga muvofiqdir.
Mahsulotlarni yig‘ish — rejalashtirilgan ish smenalarida uzluksiz va chiqa-
rish taktiga mos holda kechadi. Tayyorlash va mexanika sexlarida ayrim detal-
larni yalpi ishlab chiqarish oqimli usulda yoki katta miqdorda bo‘lsa ham,
oqimli bo‘lmagan usulda tayyorlanishi mumkin.
Mashinasozlik korxonalarining turlari — nisbiy tushunchadir.
Guruh mezoni sifatida texnologik amallarni ish joyiga biriktirish koeffitsi-
enti olinadi. Bir oyda bajarilishi lozim bo‘lgan amallar miqdorining ish joylari
soniga nisbati shu koeffitsientni bildiradi. Uning qiymati kichik seriyali (guruh-
li) ishlab chiqarishda 20—40, o‘rta seriyalida 10—20, yirik seriyalida 1—10,
yalpi ishlab chiqarishda esa 1,0 bo‘ladi.
Oqimli bo‘lmagan ishlab chiqarish quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
har
qaysi texnologik amalda bir guruh-bir guruh detal tayyorlanadi; uskunalar
sexlarda ma’lum turlariga ko‘ra joylashtiriladi (tokarlik, frezerlik, silliqlash
va shu kabi); buyumlar ko‘chmas moslamalarda yig‘iladi; ishlov beriladigan
detallar bitta uskuna yoki ish joyiga qat’iy biriktirib qo‘yilmaydi, ular gu-
ruhlar  bilan turli stanoklarda ishlanadi, amallar orasida sezilarli vaqt
yo‘qotishlar bo‘lishi sababli tayyorlash sikli uzayadi va zaxiraga zarurat
tug‘iladi; sexda texnologik rejalash qiyinlashadi. Oqimsiz usulda yuqori
unumli jihozlar va uskunalardan foydalanish qiyinlashadi. Uskunalar ayrim
turlariga ko‘ra guruh-guruh qilib joylashtirilgani sababli har qaysi sexda
8


ayrim amallargina bajariladi, bir nechta sexning kuchi bilan detal uzil-kesil
tayyor bo‘ladi. Yakka tartibli ishlab chiqarish doim oqimsiz bo‘ladi.
Oqimli ishlab chiqarish usuli quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
texnologik
amallar uskunalarga biriktirib qo‘yiladi, ularning joylashuvi esa texnologik
jarayonning ketma-ketligiga bog‘liq; ishchilar uzoq vaqt mobaynida bir xil
amallarni bajaradilar, buning natijasida nuqsonlar kamayadi, ish unumi oshadi;
amallar o‘rtasida zagotovkalarni uzatish bir tekis kechadi; yuqori unumli jihoz-
lar va uskunalar ishlatilganidan detal yasash murakkabligi va tannarxi kamaya-
di; zagotovka oqimli qatorda to‘liq ishlovdan o‘tadi.
Guruhli ishlab chiqarishda uskunalarni ish bilan to‘liqroq ta’minlash
maqsadida ko‘p turdagi mahsulot ishlaydigan oqimli qator, masalan, o‘zgaruv-
chan oqimli qator tashkil qilinadi. Bunday qatorlarda bir xil amallarga ega
bo‘lgan, tuzilish jihatdan bir-biriga o‘xshash detallar guruhiga ishlov beriladi.
Shuningdek, har qaysi detal ma’lum guruhlar (seriyalar) bilan ishlab chiqari-
ladi, ularni bir guruhga biriktirganda oqimli ishlab chiqarish sharoiti yuzaga
keladi.
Ma’lum muddat (bir necha smena yoki sutka) bitta detalga oqim usulda
ishlov beriladi, keyin qator boshqa detalga moslab sozlanadi va unga ishlov
beriladi; uni ishlab bo‘lgach, qator uchinchi bir detalga moslanadi va h.k.
O‘zgaruvchan oqimli qatorning texnologik uskunalari unga biriktirilgan hamma
detallarga ishlov beradigan qilib tuziladi. Bir detalga ishlov berib ikkinchisiga
o‘tganda o‘rnatilgan asbob-uskunalar stanokdan yechilmaydi, iloji boricha kam
vaqt sarflab moslanadi. O‘zgaruvchan oqimli qatorlar guruhli ishlab chiqarishda
yalpi ishlab chiqarish usullaridan foydalanish imkonini beradi va samaradorligi-
ni keskin oshiradi.
Mashinasozlik mahsulotlarini bir xilga keltirish va standartlashtirish kor-
xona ning ixtisoslashuviga, mahsulot turining kamayishi va miqdorining oshuvi-
ga yordam beradi va bu o‘z navbatida, oqimli ishlab chiqarish usullarini qo‘l-
lash, avtomatlashtirish imkonini beradi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish